https://oz.sputniknews.uz/20221221/mirziyoevning-afgoniston-boyicha-tashabbusi-bmt-xavfsizlik-kengashida-taqdim-etildi-30934505.html
Mirziyoyevning Afg‘oniston bo‘yicha tashabbusi BMT Xavfsizlik kengashida taqdim etildi
Mirziyoyevning Afg‘oniston bo‘yicha tashabbusi BMT Xavfsizlik kengashida taqdim etildi
Sputnik O‘zbekiston
Xavfsizlik Kengashi a’zolariga O‘zbekistonning Afg‘onistondagi amaldagi rasmiy organlar bilan o‘zaro hamkorligining samarali tajribasi haqida ma’lumot berildi. 21.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-21T15:22+0500
2022-12-21T15:22+0500
2022-12-21T15:22+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
bmt
afg‘oniston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/15/30934609_0:2:624:353_1920x0_80_0_0_5b5d5420fcb59449b8d0f8de02612d91.png
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari, muvaqqat ishlar bo‘yicha vakil Nurulla Abdullayev mamlakat Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish borasida amalga oshirayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi"Dunyo" xabariga ko‘ra, Hindiston raisligida bo‘lib o‘tgan BMT Xavfsizlik kengashining Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishga bag‘ishlangan yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT shafeligi va ko‘magida Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish, jahon hamjamiyatining talablarini bosqichma-bosqich amalga oshirishni ushbu davlat hokimiyat organlari bilan muvofiqlashtirish bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro muzokaralar guruhini tashkil etish tashabbusi taqdim etilgan.Xavfsizlik Kengashi a’zolariga O‘zbekistonning Afg‘onistondagi amaldagi rasmiy organlar bilan o‘zaro hamkorligining samarali tajribasi haqida ma’lumot berildi. Ma’lum qilinganidek, O‘zbekiston "Tolibon"* harakati bilan muloqot orqali so‘nggi 25-yil ichida birinchi marta shimoliy viloyatlarda qizlar uchun maktablar ochishga, Pokiston dengiz bandargohlariga va Afg‘oniston orqali yuk tranzitini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.Shu bilan birga, o‘tgan 10 oy davomida mazkur tranzit yo‘nalishi bo‘yicha har ikki yo‘nalishda 600 ming tonnaga yaqin yuk tashilgan bo‘lib, hech qanday xavfsizlik hodisasi kuzatilmaganiga e’tibor qaratildi.Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilariga afg‘on mutaxassislari va talabalarini, jumladan, ayollarni o‘qitish hamda kasbga yo‘naltirish, elektr ta’minoti, muvaffaqiyatli amalga oshirilgan infratuzilma loyihalari, afg‘on xalqiga favqulodda gumanitar yordam ko‘rsatish, afg‘on xalqiga ko‘maklashish bo‘yicha respublika tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam haqidagi batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.Afg‘on xalqi hech qachon urush qilmagani, ularning barchasi afg‘on zaminiga tashqaridan olib kelingani alohida ta’kidlandi. Jahon hamjamiyati afg‘onlar taqdiri, bu mamlakat kelajagi uchun ma’naviy javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerakligi ta’kidlandi.Bu mamlakatning qayta izolyatsiya qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik, afg‘on xalqini mamlakatda tobora og‘irlashib borayotgan gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bilan yolg‘iz qoldirmaslik kerakligi bildirildi.* terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostidagi tashkilot
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/15/30934609_76:0:548:354_1920x0_80_0_0_cca386ba8a4b9aeb364aa9cd881b5453.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, bmt, afg‘oniston
siyosat, shavkat mirziyoyev, bmt, afg‘oniston
Mirziyoyevning Afg‘oniston bo‘yicha tashabbusi BMT Xavfsizlik kengashida taqdim etildi
Xavfsizlik Kengashi a’zolariga O‘zbekistonning Afg‘onistondagi amaldagi rasmiy organlar bilan o‘zaro hamkorligining samarali tajribasi haqida ma’lumot berildi.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari, muvaqqat ishlar bo‘yicha vakil Nurulla Abdullayev mamlakat Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish borasida amalga oshirayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi
"Dunyo"
xabariga ko‘ra, Hindiston raisligida bo‘lib o‘tgan BMT Xavfsizlik kengashining Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishga bag‘ishlangan yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT shafeligi va ko‘magida Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish, jahon hamjamiyatining talablarini bosqichma-bosqich amalga oshirishni ushbu davlat hokimiyat organlari bilan muvofiqlashtirish bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro muzokaralar guruhini tashkil etish tashabbusi taqdim etilgan.
Xavfsizlik Kengashi a’zolariga O‘zbekistonning Afg‘onistondagi amaldagi rasmiy organlar bilan o‘zaro hamkorligining samarali tajribasi haqida ma’lumot berildi.
Ma’lum qilinganidek, O‘zbekiston "Tolibon"* harakati bilan muloqot orqali so‘nggi 25-yil ichida birinchi marta shimoliy viloyatlarda qizlar uchun maktablar ochishga, Pokiston dengiz bandargohlariga va Afg‘oniston orqali yuk tranzitini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Shu bilan birga, o‘tgan 10 oy davomida mazkur tranzit yo‘nalishi bo‘yicha har ikki yo‘nalishda 600 ming tonnaga yaqin yuk tashilgan bo‘lib, hech qanday xavfsizlik hodisasi kuzatilmaganiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilariga afg‘on mutaxassislari va talabalarini, jumladan, ayollarni o‘qitish hamda kasbga yo‘naltirish, elektr ta’minoti, muvaffaqiyatli amalga oshirilgan infratuzilma loyihalari, afg‘on xalqiga favqulodda gumanitar yordam ko‘rsatish, afg‘on xalqiga ko‘maklashish bo‘yicha respublika tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam haqidagi batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Termiz shahridagi ko‘p funksiyali transport-logistika xabi orqali ushbu yo‘nalishdagi xalqaro sa’y-harakatlar muvofiqlashtirilayotgani qayd etildi. Ushbu xabga BMT shafeligida xalqaro maqom berish taklifi bildirildi.
Afg‘on xalqi hech qachon urush qilmagani, ularning barchasi afg‘on zaminiga tashqaridan olib kelingani alohida ta’kidlandi. Jahon hamjamiyati afg‘onlar taqdiri, bu mamlakat kelajagi uchun ma’naviy javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerakligi ta’kidlandi.
Bu mamlakatning qayta izolyatsiya qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik, afg‘on xalqini mamlakatda tobora og‘irlashib borayotgan gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bilan yolg‘iz qoldirmaslik kerakligi bildirildi.
* terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostidagi tashkilot