Mirziyoyev va Toqayev o‘rtasidagi uchrashuvning kun tartibi ma’lum bo‘ldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev v ramkax uchastiya v sammite "Sentralnaya Aziya – Yevropeyskiy Soyuz" vstretilsya s Prezidentom Respubliki Kazaxstan Kasim-Jomartom Tokayevim.
Shavkat Mirziyoyev v ramkax uchastiya v sammite Sentralnaya Aziya – Yevropeyskiy Soyuz vstretilsya s Prezidentom Respubliki Kazaxstan Kasim-Jomartom Tokayevim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2022
Obuna bo‘lish
Prezidentlarning uchrashuvi doirasida tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar olib borish ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Bugun Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi.
Tashrifning birinchi kunida “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘idagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yish, ramziy daraxt ekish tadbirida ishtirok etish rejalashtirilgan.
Ertasi kuni Qozog‘iston prezidenti XV asrning birinchi yarmida Toshkentda qurilgan Qaldirg‘ochbiy maqbarasiga tashrif buyuradi.
Rasmiy suratga olish marosimidan so‘ng “Tashkent siti”ning Kongress markazida rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv doirasida tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar olib borish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, qo‘shma loyihalarga start beriladi, qozoq shoiri Abay Kunanboyev ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ham ko‘zdan kechiriladi.
Davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun qisqa brifing o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev joriy yilning 21-22 dekabr kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lishi ma’lum qilingandi.
Davlat rahbarlari bir qator yirik investitsiya loyihalarini boshlab berishi rejalashtirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0