Geosiyosiy raqiblar Rossiyaga qarshi qo‘liga ilingan hamma narsani ishlatishdi - Putin

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishVladimir Putin
Vladimir Putin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2022
Obuna bo‘lish
G‘arb Rossiyaga qarshi hamma narsadan foydalandi: terrorchilar va miya yuvish texnologiyasi va boshqalar.
TOShKENT, 21 dek - Sputnik. Geosiyosiy raqiblar Rossiyaga qarshi qo‘lidan kelgan barcha vositalardan foydalanishdi, jumladan “miya yuvish” texnologiyalaridan ham, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vazirligi yakuniy majlisida.
"Bizning geosiyosiy raqiblarimiz qo‘lga ilinadigan hamma narsadan foydalanishdi. Men hech kimni xafa qilmoqchi emasman, lekin baribir aytaman, ular o‘z maqsadlari uchun har qanday yolg‘ondan foydalana boshladilar. Ular dunyo mamlakatlarida "miya yuvish" bilan shug‘ullanishdi. Ayniqsa postsovet respublikalarida va birinchi navbatda Ukrainada. Ular bu ishni juda muvaffaqiyatli amalga oshirdilar, chunki bunga yaxshigina asos bor edi. Axir sovet davrida G‘arbda butun boshli institutlar ushbu yo‘nalishda ishlagan”, — dedi Putin.
"SSSR parchalanganidan so‘ng Rossiya "sivilizatsiyalashgan" dunyoning bir qismiga aylanmoqchi bo‘lgan edi, biroq u bizni hech kim kutmagan edi. G‘arb bir tomondan "Al-Qoida*" terrorchilik tashkilotini mutlaq qoralab tursa-da, ikkinchi tomondan Rossiya ichidagi terrorchilarni qo‘sh qo‘llab rag‘batlantirdi va qo‘llab-quvvatladi", - dedi Putin.
"Ammo Kavkaz xalqlariga rahmat, chechen xalqiga rahmat, harbiylarimizning qahramonligi tufayli biz tariximizning mashaqqatli davridan, murakkab sinovlardan o‘tib oldik va shu bilan birga o‘zimizni mustahkamladik", - deb ta’kidladi Putin.
Rossiya prezidenti aytishiga ko‘ra, strategik dushmanlar asrlar davomida Rossiyani parchalash, zaiflashtirishni maqsad qilib kelgan.
"Men bir necha bor aytganman va hatto maqolalarimda ham yozganman, bizning strategik raqiblarimiz asrlar davomida mamlakatimizni parchalash va zaiflashtirishni, birdamlikni buzishni maqsad qilgan. Bu yerda hech qanday yangilik yo‘q. Ularinng xayolicha "juda katta mamlakat kimgadir tahdid soladi", shuning uchun udan biroz "chimdimlab olish, parchalash kerak". Doimo, esda tuting, asrlar davomida, qayerga qaramang, doimo shunday maqsad qo‘yilgan", - dedi Putin Mudofaa vazirligi boshqaruv kengashi yig‘ilishida.
Yangiliklar lentasi
0