https://oz.sputniknews.uz/20221221/gaz-ittifoqi-ishga-tushishi-moskvaning-takliflariga-bogliq--qozogiston-tiv-30929255.html
Gaz ittifoqi ishga tushishi Moskvaning takliflariga bog‘liq – Qozog‘iston TIV
Gaz ittifoqi ishga tushishi Moskvaning takliflariga bog‘liq – Qozog‘iston TIV
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston tomoni Rossiyadan gaz ittifoqi qanday ishlashi bo‘yicha hech qanday taklif bildirilmaganini ma’lum qildi. 21.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-21T15:47+0500
2022-12-21T15:47+0500
2023-04-05T18:42+0500
o‘zbekiston - rossiya
gaz
gaz ittifoqi
o‘zbekiston
qozog‘iston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0c/24504993_0:27:2501:1433_1920x0_80_0_0_5a7ae437a6b6ce21980b21f65a1f8dc1.jpg
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Rossiyaning Qozog‘iston va O‘zbekiston ishtirokida gaz ittifoqini yaratish tashabbusi istiqbollari Moskva taklif qiladigan hamkorlik shartlariga bog‘liq bo‘ladi, dedi Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Almas Aydarov. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Aydarovning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya tomonining gaz ittifoqini tuzish taklifi hali rasmiylashtirilmagan.Eslatib o‘tamiz, uch tomonlama gaz ittifoqi haqidagi xabarlar noyabr oyining oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning uchrashuvidan keyin paydo bo‘lgan edi.Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gaz ittifoqi Rossiya gazini O‘zbekiston va Qozog‘iston hududidan transportirovka qilishni muvofiqlashtirish maqsadida tashqil qilinmoqda. Ehtimol dastlabki bosqichda qandaydir yuridik shaxs tashkil qilish kerak bo‘ladi. Bu masala hali muhokama qilinmoqda, degan edi Rossiya prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov.Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston gaz sohasida hamkorlik istiqboliga ega, jumladan gaz yetkazib berish va uni qayta ishlash borasida, degan edi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak.O‘zbekistonAyrim mahalliy va xorijiy OAVlarda "O‘zbekiston gaz ittifoqidan voz kechgani" haqidagi shov-shuvli xabarlar energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudovning bayonotidan keyin paydo bo‘lgan edi. Amaldor intervyulardan birida "O‘zbekiston gazni qandaydir ittifoq yoki alyans tuzish orqali emas, qo‘shni davlatlardan tijorat shartnomalari asosida" sotib olishni rejalashtirayotgani haqida aytib o‘tgan edi.Qozog‘istonQozog‘iston energetika vaziri Bolat Akchulakov aytishiga ko‘ra, gaz ittifoqi tuzish masalasi uch tomonlama formatda muhokama qilinmagan. Hozircha tomonlar gaz transport tizimining texnik imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu borada hamkorlik qilish uchchala tomonning ham roziligini talab qiladi. Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Roman Vasilenko "mutaxassislar barcha xavflarni, jumladan sanksiyalar xavfini ham hisobga olishi kerak" degan fikr bildirgan edi.
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0c/24504993_0:0:2305:1729_1920x0_80_0_0_4e58f0a63aa493e240890faa217997ec.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston - rossiya, gaz, gaz ittifoqi, o‘zbekiston, qozog‘iston, rossiya
o‘zbekiston - rossiya, gaz, gaz ittifoqi, o‘zbekiston, qozog‘iston, rossiya
Gaz ittifoqi ishga tushishi Moskvaning takliflariga bog‘liq – Qozog‘iston TIV
15:47 21.12.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) Qozog‘iston tomoni Rossiyadan gaz ittifoqi qanday ishlashi bo‘yicha hech qanday taklif bildirilmaganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Rossiyaning Qozog‘iston va O‘zbekiston ishtirokida gaz ittifoqini yaratish tashabbusi istiqbollari Moskva taklif qiladigan hamkorlik shartlariga bog‘liq bo‘ladi, dedi Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Almas Aydarov. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Hammasi bizga taklif qilinadigan shartlarga bog‘liq bo‘ladi. Hozircha gaz masalasida alohida tuzilma, tashkilot yoki davlatlararo ittifoq tuzish haqida hech narsa aytilmagan. Bu shunchaki aholi punkti, gaz ta’minoti va narxlar uchun g‘oya edi. Barcha mamlakatlarda gaz taqchilligi bor, shuning uchun Rossiya tomoni shunday taklif bilan chiqdi”, - deydi u chorshanba kuni parlament majlisi chog‘ida jurnalistlarga.
Aydarovning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya tomonining gaz ittifoqini tuzish taklifi hali rasmiylashtirilmagan.
“Gaz ittifoqini tuzish Rossiya tomonining taklifi edi va hozircha u rasmiylashtirilmagan, biz Rossiya tomonidan bu qanday shaklda amalga oshirilishi haqida hech qanday tafsilot yoki taklif olganimiz yo‘q. Hozircha bu gaz savdosining ba’zi jarayonlarini birlashtirish g‘oyasi”, - deydi TIV rahbari o‘rinbosari.
Eslatib o‘tamiz, uch tomonlama gaz ittifoqi haqidagi xabarlar noyabr oyining oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning uchrashuvidan keyin paydo bo‘lgan edi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gaz ittifoqi Rossiya gazini O‘zbekiston va Qozog‘iston hududidan transportirovka qilishni muvofiqlashtirish maqsadida tashqil qilinmoqda. Ehtimol dastlabki bosqichda qandaydir yuridik shaxs tashkil qilish kerak bo‘ladi. Bu masala hali muhokama qilinmoqda, degan edi Rossiya prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston gaz sohasida hamkorlik istiqboliga ega, jumladan gaz yetkazib berish va uni qayta ishlash borasida, degan edi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak.
Ayrim mahalliy va xorijiy OAVlarda "O‘zbekiston gaz ittifoqidan voz kechgani" haqidagi shov-shuvli xabarlar energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudovning bayonotidan keyin paydo bo‘lgan edi. Amaldor intervyulardan birida "O‘zbekiston gazni qandaydir ittifoq yoki alyans tuzish orqali emas, qo‘shni davlatlardan tijorat shartnomalari asosida" sotib olishni rejalashtirayotgani haqida aytib o‘tgan edi.
Qozog‘iston energetika vaziri Bolat Akchulakov aytishiga ko‘ra, gaz ittifoqi tuzish masalasi uch tomonlama formatda muhokama qilinmagan. Hozircha tomonlar gaz transport tizimining texnik imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu borada hamkorlik qilish uchchala tomonning ham roziligini talab qiladi. Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Roman Vasilenko "mutaxassislar barcha xavflarni, jumladan sanksiyalar xavfini ham hisobga olishi kerak" degan fikr bildirgan edi.