Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Yevropaliklar Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralari o‘tkazilishini istaydi – so‘rov

© AFP / JOHN THYSFlag YeS v Brussele
Flag YeS v Brussele - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2022
Obuna bo‘lish
Ukrainadagi mojaro aholining yarmidan kamrog‘ini tashvishga solayotgan yagona davlat qo‘shni Slovakiyadir.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Aksariyat yevropaliklar Moskva va Kiyev tinchlik muzokaralarini boshlashini istaydi. Vengriyaning Szazadveg jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi o‘rganishlar (so‘rov Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlarida o‘tkazildi) natijasiga tayanib, shunday xulosaga keldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
So‘rov natijalariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining 27 ta davlatidagi respondentlarning 82 foizi “Rossiya va Ukrainani tinchlik muzokaralariga majbur qilish kerak” degan fikrga “katta ehtimol bilan rozi”, so‘ralganlarning 17 foizi esa “katta ehtimol bilan qarshi”.
“Brusselning avvalgi sanksiya takliflarining ko‘p qismini (Kiprda 91 foiz, Portugaliya va Gretsiyada 89 foiz) qabul qilmagan janubiy mamlakatlarda tinchlik muzokaralariga majburlash eng ko‘p qo‘llab-quvvatlanadi. Vengriyada aholining 88 foizi tinchlik tarafdori”, - deyiladi bayonotda.
Estoniyaliklarning 42 foizi, latviyaliklarning 36 foizi, polyaklarning 31 foizi va litvaliklarning 29 foizi muzokaralar g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamagan. Yevropa Ittifoqi aholisining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i Ukrainadagi mojaroni “tashvishli” deb hisoblaydi. Eng yuqori ko‘rsatkichlar Vengriya (62 foiz) va Germaniyada (51 foiz) qayd etilgan.
Aholisining yarmidan kamrog‘i (48 foiz) mojarodan tashvishlanayotgan yagona davlat bu Ukrainaga qo‘shni Slovakiyadir. Bundan tashqari, aholisi eng ko‘p Ukrainadagi vaziyatdan umuman bezovta bo‘lmayotgan (41 foizi) davlat ham Slovakiya bo‘ldi.
Tadqiqot telefon orqali so‘rov shaklida 13-oktabrdan 7-dekabrgacha har bir mamlakatda 1000 nafar kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ba’zi mamlakatlardan Rossiya bilan muzokara o‘tkazish bo‘yicha chaqiriqlarni eshitayotganini, ammo bundan ma’no ko‘rmasligini aytgandi. Zelenskiy Moskva va Kiyev tinchlikka turlicha qarashini ta’kidladi. Dekabr oyi boshida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Zelenskiy agar xohlasa, Ukrainadagi jangovar harakatlar “ertaga” yakunlanishi mumkinligini bilishini aytdi. Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya har doim Ukraina bo‘yicha muzokaralar uchun ochiq ekanini aytgan.
Yangiliklar lentasi
0