Dunyoda antibiotiklar taqchilligi qayd etildi – JSST

© SputnikMeditsinskiy preparat v kapsulax
Meditsinskiy preparat v kapsulax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2022
Obuna bo‘lish
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumot to‘playdigan 35 mamlakatning 80 foizi penitsillin preparatlari yetishmasligini boshdan kechirmoqda.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Mutaxassislar yuqumli kasalliklar sonining ko‘payishi tufayli dunyoda antibiotiklar taqchilligini qayd etdi. Bu haqda JSSTning dori vositalari bilan ta’minlash va ulardan foydalanish guruhi rahbari Liza Xedmanga tayanib xabar berilmoqda.
Shunday qilib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumot to‘playdigan 35 mamlakatning 80 foizi penitsillin preparatlari yetishmasligini boshdan kechirmoqda. AQSh va Kanadada amoksitsillin yetishmasligidan shikoyat qilishmoqda. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 davlatdan 25 tasi ham muammo haqida xabar bergan.
“Kambag‘alroq yoki kichikroq mamlakatlardagi vaziyat haqida ma’lumot kam. Bu davlatlar ayniqsa ularning valyutasi qadrsizlangan bo‘lsa va dori-darmonlarni ochiq bozorda sotib olishga majbur bo‘lsa, ko‘proq zarar ko‘rishi mumkin”, dedi Xedman.
Koronavirus pandemiyasi davrida antibiotiklarga bo‘lgan talabning pasayishi va ta’minot zanjiridagi jiddiy tanglik dori ishlab chiqaruvchilarni ishlab chiqarish hajmini kamaytirishga majbur qildi. Bugungi kunga qadar muammo dolzarbligicha qolmoqda. Dori vositalarini ishlab chiqarish uchun komponentlar yetkazib berish ham qiyin. Energiya narxining oshishi esa, o‘z navbatida, dori-darmon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar foydasining kamayishiga olib keladi, deyiladi materialda.
“Mamlakatlar niqobsiz birinchi yilda nafas yo‘llari infeksiyalari bizga bunchalik qattiq ta’sir qilishini kutmagan edi”, deydi Xedman.
Nashrning yozishicha, AQSh va Yevropaning ayrim farmatsevtlari ham paratsetamol kabi og‘riq qoldiruvchi vositalar yo‘qligidan shikoyat qilmoqda. Bu gripp, respirator sinsitial virus va koronavirusning qishki to‘lqini tufayli ularga talabning ortishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, mutaxassislar sil va teri infeksiyalarini davolash uchun dori-darmonlar tanqisligini qayd etgan.
Yangiliklar lentasi
0