Bizda armiyani moliyalashtirish bo‘yicha hech qanday cheklov yo‘q - Putin

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishVladimir Putin
Vladimir Putin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2022
Obuna bo‘lish
Hamma narsa yuqori darajada bo‘lishi kerak, jang maydonida mayda-chuyda bo‘lmaydi, - dedi Putin.
TOShKENT, 21 dek- Sputnik. Bizda armiyani moliyalashtirish uchun hech qanday cheklov yo‘q, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Mudofaa vazirligidagi chiqishida.
“Men Mudofaa vaziri, Bosh shtab boshlig‘i, bu yerda vakillik qilayotgan barcha qo‘mondonlarning e’tiborini qaratmoqchiman, bizda moliyalashtirish bo‘yicha hech qanday cheklovlar yo‘q”, — dedi Putin Mudofaa vazirligi kollegiyasida.
"Mamlakat, hukumat armiya so‘ragan hamma narsani beradi. Hamma narsa. Javob to‘g‘ri shakllantiriladi va tegishli natijalarga erishiladi deb umid qilaman", - deb qo‘shimcha qildi prezident.
Shuningdek, harbiy xizmatchilar uchun yetkazib berilayotgan hamma narsa eng yuqori darajada bo‘lishi kerakligini, alohida ta’kidlab o‘tdi. Qurol-aslahadan tortib kiyim-kechak, dori vositalari, tungi ko‘rish moslamalari, poyabzal va boshqa hammasi yuqori darajada bo‘lishi kerak, "jang maydonida mayda-chuyda bo‘lmaydi", - dedi Putin.
Undan tashqari, Rossiya prezidenti Rossiya armiyasida dronlar hamma joyda bo‘lishi kerakligini, sun’iy intellekt texnologiyasi qaror qabul qilishning barcha darajalarida qo‘llanilishi kerakligini va Rossiya armiyasida zamonaviy zarba qurollari arsenalini kengaytirish zarurligini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0