Avtobus yo‘lagida harakatlangan boshqa transport haydovchilari qanday jazolanadi

© Sputnik / Maksim BlinovRazmetka videlennoy polosi dlya marshrutnix transportnix sredstv, arxivnoe foto
Razmetka videlennoy polosi dlya marshrutnix transportnix sredstv, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2022
Obuna bo‘lish
Avtobus yo‘lagiga kirgan haydovchilar uchun jarima jazosi belgilangan.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Toshkentda avtobus yo‘lagiga kirgan haydovchilarga qanday jazo belgilanishini ma’lum qildi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasiga ko‘ra, hech qanday sababsiz mazkur tasmaga o‘tib harakatlangan haydovchilar BHMning 50 foizi (150 ming so‘m), ajratilgan tasmada sababsiz to‘xtab turgan haydovchilar esa 128-6-moddasiga ko‘ra BHMning 2 baravari miqdorida (600 ming so‘m) jarimaga tortiladi.
Avvalroq Toshkent shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab 475 kmga yaqin 34 ta alohida avtobus yo‘laklari tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.
Alisher Navoiy, Beruniy, Amir Temur va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari bo‘ylab yo‘lakchalar tashkil etiladi. Qolgan ko‘chalarda esa 1-2 oy ichida to‘liq tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0