Yangi yil arafasida apelsin narxi pasaydi

© Pixabay/pixel2013apelsin
apelsin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2022
Obuna bo‘lish
Tahlilchilarga ko‘ra, joriy ulgurji narxlar o‘tgan yilgi darajadan 22 foizga past.
TOShKENT, 20 dek - Sputnik. Oxirgi haftada O‘zbekistonda apelsinning o‘rtacha ulgurji narxi uchdan bir qismga arzonlashdi, bu 2022-yilning yanvar oyi boshidan joriy sanasigacha bo‘lgan davrda ushbu mahsulot narxining eng katta haftalik o‘zgarishi bo‘ldi. Bu haqda EastFruit xabar berdi.
Tahlilchilarga ko‘ra, joriy ulgurji narxlar o‘tgan yilgi darajadan 22 foizga past.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yil 9-dekabrdan 16-dekabrgacha O‘zbekistonda apelsinning o‘rtacha ulgurji narxi 21 000 so‘mdan 14 000 so‘mgacha pasaygan.
2022 yilning katta qismida O‘zbekistonda apelsinning o‘rtacha ulgurji narxlari o‘tgan yilgi darajadan ancha past bo‘lgan. O‘tgan haftada narxlarning bunday keskin pasayishi natijasida ushbu mahsulotning ulgurji narxlari yana o‘tgan yilgi darajadan sezilarli darajada past bo‘lib chiqdi. Bundan tashqari, joriy ulgurji narxlar 2021-yilning dekabr oyi oxirida qayd etilgan darajadan 7 foizga past.
Apelsin - sitrus oilasiga mansub mevali daraxt bo‘lib u asosan tropik va subtropik davlatlarda o‘sadi. Dastlab Xitoyda madaniylashtirilgan ushbu meva keyinchalik Yevropa va boshqa hududlarda tarqalgan. Apelsin vitaminlar va pektinga boy meva bo‘lgani uchun insonning yurak, oshqozon-ichak, jigar va qon tomirlari uchun foydali hisoblanadi. Apelsin sharbati dunyoda eng ommaviy sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan meva sharbati hisoblanadi. 1974-yildan 2004-yilga qadar dunyoda apelsin yetishtirish hajmi ikki baravar oshgan. Eng ko‘p apelsin yetishtiruvchi davlatlar bu - Braziliya - 16,7 (mlrd.t), Xitoy - 9,1, Hindiston - 8,3, AQSh - 4,8, Meksika - 4,7, Ispaniya - 3,6, Misr - 3,2, Indoneziya - 2,5, Turkiya - 1,9, Eron -1,8, JAR - 1,7, Pokiston - 1,5, Italiya - 1,5.
Yangiliklar lentasi
0