Vengriya Yevrokomissiyani Rossiyaga qarshi sanksiyalar oqibatlarini tahlil qilishga chaqirdi

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Mediabankka o‘tishFlagi Rossii, YeS i Fransii na naberejnoy Nissi
Flagi Rossii, YeS i Fransii na naberejnoy Nissi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2022
Obuna bo‘lish
Vengriya bosh vaziri maslahatchisi energetika mamlakat uchun taqiqlangan hudud ekanini aytdi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Vengriya Yevropa komissiyasini Rossiyaga qarshi sanksiyalar oqibatlarini tahlil qilishga chaqiradi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri maslahatchisi Balaj Orban ma’lum qildi.

“Yevropa komissiyasi sanksiyalar oqibatlarini tahlil qilishi kerak”, - dedi Orban. Uning so‘zlaridan EURActiv portali iqtibos keltirdi.

Uning fikricha, ayniqsa yuzaga kelayotgan energetika inqirozi sharoitida sanksiyalarning ittifoqning alohida a’zolariga ta’sirini baholash muhim.
Bosh vazir maslahatchisi Vengriya uning iqtisodiyotiga, ayniqsa energetika sohasiga zarar keltiradigan cheklovlardan ozod qilinishiga erishishda davom etishini ta’kidladi.
“Energetika – biz uchun taqiqlangan hudud”, - dedi Orban.
Shuningdek, u Vengriyada o‘tgan hafta yakunlangan Rossiyaga qarshi YeI sanksiyalari yuzasidan o‘tkazilgan milliy maslahatlashuvlar yakunlari yanvarda ma’lum qilishinishi qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Vengriya bosh vaziri Viktor Orban YeIni Rossiyaga qarshi energetika sanksiyalarini yil oxiriga qadar bekor qilishga chaqirgan edi.
G‘arb Ukrainadagi mojaro tufayli Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi, bu esa Yevropa va Qo‘shma Shtatlarda elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keldi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0