https://oz.sputniknews.uz/20221220/uzrli-sabablarga-kora-oqishini-kochirish-uchun-arizalar-qabuli-boshlandi-30909399.html
Uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishini ko‘chirish uchun arizalar qabuli boshlandi
Uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishini ko‘chirish uchun arizalar qabuli boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Arizalar 2022-yilning 20-dekabridan 2023-yilning 20-yanvar kuniga qadar (o‘sha kuni ham) qabul qilinadi. 20.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-20T18:23+0500
2022-12-20T18:23+0500
2022-12-20T18:23+0500
jamiyat
otm
ariza
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0d/20886132_0:150:3107:1898_1920x0_80_0_0_2165c19c47273fe0af26ba6bfbe389ec.jpg
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha hududiy Ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, hududiy ishchi guruhlar 2022-yilning 20-dekabridan 2023-yilning 20-yanvar kuniga qadar (o‘sha kuni ham) faoliyat ko‘rsatadi.Yuqoridagi qarorga asosan fuqarolar quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin:Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qat’i nazar bevosita o‘zi tahsil olgan OTMga taqdim etiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0d/20886132_188:0:2919:2048_1920x0_80_0_0_0ab0f27d8b53d7b1460559824ca3dc2c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, otm, ariza
Uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishini ko‘chirish uchun arizalar qabuli boshlandi
Arizalar 2022-yilning 20-dekabridan 2023-yilning 20-yanvar kuniga qadar (o‘sha kuni ham) qabul qilinadi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Uzrli sabablarga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish bo‘yicha hududiy Ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Qayd etilishicha, hududiy ishchi guruhlar 2022-yilning 20-dekabridan 2023-yilning 20-yanvar kuniga qadar (o‘sha kuni ham) faoliyat ko‘rsatadi.
Yuqoridagi qarorga asosan fuqarolar quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin:
talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun;
davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).
Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.
O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qat’i nazar bevosita o‘zi tahsil olgan OTMga taqdim etiladi.