https://oz.sputniknews.uz/20221220/surxondaryoda-gastronomik-festival-va-milliy-taomlar-yarmarkasi-otkazildi-30904116.html
Surxondaryoda gastronomik festival va milliy taomlar yarmarkasi o‘tkazildi
Surxondaryoda gastronomik festival va milliy taomlar yarmarkasi o‘tkazildi
Sputnik O‘zbekiston
Gastronomik festival doirasida 20 dan ortiq turli noz-ne’matlar namoyish qilindi. 20.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-20T19:20+0500
2022-12-20T19:20+0500
2022-12-20T19:20+0500
jamiyat
turizm
surxondaryo
festival
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/14/30901496_2:0:3643:2048_1920x0_80_0_0_53ed4e6f6c430dfab1a22a99c40e75b0.jpg
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida birinchi gastronomik festival va milliy taomlar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Festival doirasida Surxondaryo viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi xodimlari, Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, turizm yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar o‘z ish va loyihalarini taqdim etishdi.Shuningdek, “Bolajon bo‘ki” istirohat bog‘i hududidagi ko‘chma sahnada ishtirokchilar tomonidan 20 dan ortiq turli noz-ne’matlar namoyish qilindi. Bundan tashqari, mahalliy hunarmandlar tomonidan viloyat hunarmandlarining mahsulotlari va esdalik sovg‘alari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.Festivali yakunlariga ko‘ra, “Eng yaxshi dasturxon bezatish” nominatsiyasida Sariosiyo tumani oshpazlari g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Qumqo‘rg‘on tumani ikkinchi, Muzrabot tumani esa uchinchi o‘rinni egalladi. “Milliy taomlarning eng yaxshi turi” nominatsiyasida esa Boysun tumani oshpazlari birinchi, Termiz viloyati oshpazlari ikkinchi, Termiz shahri oshpazlari esa uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.Festival konsert dasturi va g‘oliblarni taqdirlash marosimi bilan yakunlandi.
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/14/30901496_457:0:3188:2048_1920x0_80_0_0_8e3c6ca1213e38aaee916fec1e640fd7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, turizm, surxondaryo, festival
jamiyat, turizm, surxondaryo, festival
Surxondaryoda gastronomik festival va milliy taomlar yarmarkasi o‘tkazildi
Gastronomik festival doirasida 20 dan ortiq turli noz-ne’matlar namoyish qilindi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida birinchi gastronomik festival va milliy taomlar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Festival doirasida Surxondaryo viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi xodimlari, Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, turizm yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar o‘z ish va loyihalarini taqdim etishdi.
Shuningdek, “Bolajon bo‘ki” istirohat bog‘i hududidagi ko‘chma sahnada ishtirokchilar tomonidan 20 dan ortiq turli noz-ne’matlar namoyish qilindi. Bundan tashqari, mahalliy hunarmandlar tomonidan viloyat hunarmandlarining mahsulotlari va esdalik sovg‘alari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.
Festivali yakunlariga ko‘ra, “Eng yaxshi dasturxon bezatish” nominatsiyasida Sariosiyo tumani oshpazlari g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Qumqo‘rg‘on tumani ikkinchi, Muzrabot tumani esa uchinchi o‘rinni egalladi. “Milliy taomlarning eng yaxshi turi” nominatsiyasida esa Boysun tumani oshpazlari birinchi, Termiz viloyati oshpazlari ikkinchi, Termiz shahri oshpazlari esa uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.
Festival konsert dasturi va g‘oliblarni taqdirlash marosimi bilan yakunlandi.