Obrashenie Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva k Oliy Majlisu i narodu Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston

Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va xalqqa murojaatnomasi - onlayn

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga navbatdagi murojaatnomasini taqdim etmoqda.
O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi – mamlakat siyosiy hayotidagi eng muhim voqea. 2017-yildan buyon an’anaga aylangan bu tadbirda tugayotgan yildagi asosiy ko‘rsatkichlar, yangi yilga mo‘ljallangan maqsad va vazifalar e’lon qilinadi.
Mundarija
Avval yangilariAvval eskilari
13:27 20.12.2022
13:25 20.12.2022

"Qanchalik qiyin bo‘lmasin, tanlagan yo‘limizdan hech qachon ortga qaytmaymiz. Ko‘zlagan marralarimizga albatta yetamiz. Bu yo‘lda niyati ulug‘, qalbi pok, mehnatkash xalqimizga tayanamiz. Bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilsak, men ishonaman, el-yurtimiz intilayotgan Yangi O‘zbekistonni albatta barchamiz birgalikda bunyod etamiz!"

Obrashenie Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva k Oliy Majlisu i narodu Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti
13:21 20.12.2022
Milliy xavfsizlikni ta’minlash, Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini oshirish borasidagi ishlar yangi bosqichga olib chiqiladi.
13:20 20.12.2022
Tashqi siyosat haqida

O‘zbekiston dunyodagi hozirgi murakkab sharoitda ochiq va pragmatik, o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan tashqi siyosatni izchil davom ettiradi.

"Bundan keyin ham asosiy e’tiborimiz Markaziy Osiyodagi barcha qo‘shni mamlakatlar va dunyodagi strategik sheriklarimiz bo‘lgan davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirishga qaratiladi", - Mirziyoyev.
13:14 20.12.2022

"Millati, tili va dinidan qat’i nazar, O‘zbekistonni o‘zining Vatani deb biladigan, uning ravnaqi uchun hissa qo‘shib kelayotgan har bir fuqaro bundan buyon ham davlatimiz va jamiyatimizning e’tibori va ardog‘ida bo‘ladi", - Mirziyoyev.

13:10 20.12.2022

2023 yilda eksport hajmi tariximizda ilk bor 23 milliard dollardan ortadi - prezident

13:05 20.12.2022
12:57 20.12.2022
Gaz zaxiralarini ko‘paytirish maqsadida, geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha o‘n yillik dastur qabul qilinadi

"Bunda, yangi texnologiyalarni joriy etib, ilk bor chuqur qatlamlarda (6 kilometrdan ko‘p) gaz qazib chiqarish ishlarini boshlaymiz. Jumladan, Usturtning yuqori istiqbolga ega chuqur qatlamlarida qidiruv ishlariga nufuzli xorijiy investorlar jalb qilinadi. Gaz qazib chiqarishga oldin berilgan barcha litsenziyalar qayta ko‘rib chiqiladi, samarasiz ishlayotgan korxonalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi", — Shavkat Mirziyoyev.
12:54 20.12.2022
Kelasi uch yilda barcha davlat tashkilotlarida quyosh panellari va issiq suv kollektorlari o‘rnatiladi.

Ushbu maqsadlarda 2 milliard dollar miqdorida investitsiya jalb qilinadi. Buning hisobiga, ularning 60 foiz elektr va gaz iste’moli “yashil energiya”ga o‘tkaziladi.
12:51 20.12.2022

2023 yil O‘zbekiston iqtisodiyotida energiyani iqtisod qilish yili bo‘ladi — Shavkat Mirziyoyev.

12:47 20.12.2022
Iqtisodiyotimiz barqaror rivojlanishi uchun, energetika sohasiga 25-30 milliard dollar investitsiya kerak - prezident

Bunga faqatgina xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali erishish mumkin.

Shu bois, so‘nggi uch yilda sohaga 8 milliard dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilindi.
12:44 20.12.2022
12:43 20.12.2022
Kelgusi yildan, tuman va shaharlar mavjud sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib, 5 ta toifaga ajratiladi.

Jumladan, tadbirkorlik uchun: – har tomonlama rivojlangan 26 ta tuman 1-toifaga;

– infratuzilmasi yaxshi bo‘lgan 46 ta tuman 2-toifaga;

– sharoiti nisbatan qoniqarli bo‘lgan 76 ta tuman 3-toifaga;

– jozibadorligi yetarli bo‘lmagan 40 ta tuman 4-toifaga;

– sharoiti og‘ir bo‘lgan 20 ta tuman 5-toifaga to‘g‘ri keladi.

"Endi, toifaga qarab, tumanlarning iqtisodiy rivojlanishini belgilaymiz", — Shavkat Mirziyoyev.
12:28 20.12.2022
Prezident oxirgi paytlarda ayrim ushlab turish joylarida inson huquqlari buzilishi bo‘yicha og‘riqli masalalar ko‘tarilayotganini qayd etdi.

"Bizning yurtimizda bunday holatlar umuman bo‘lishi mumkin emas. Kim bunga amal qilmasa, qonun ustuvor, jazo muqarrar bo‘ladi", - dedi davlat rahbari.

Shu bois, bunday joylarga olib kelingan barcha shaxslarni hisobga olishning onlayn tizimi joriy etiladi va yuzni tanish uskunasi o‘rnatiladi.

Ma’muriy sudlarga hokim qaroridan norozi bo‘lib murojaat qilinganda, ishlarni eksterritorial tartibda, ya’ni boshqa hududda ham ko‘rish amaliyoti joriy qilinadi.

O‘zbekistonda mulk va investitsiyaning himoyasini kuchaytirish maqsadida Xalqaro tijorat sudini tashkil qilish bo‘yicha ham amaliy ishlar boshlangani ta’kidlandi.
12:25 20.12.2022
Prezident Konstitutsiyaga aholining munosib hayot kechirishi va uy-joyga ega bo‘lishi to‘g‘risidagi yangi moddalarni kiritish lozimligini ta’kidladi.

Aholi uchun yangi uy-joylar qurish hajmlari 1,5 barobarga oshirilib, 90 mingga yetkaziladi.

Kelasi yilda Toshkent viloyatida “Mening birinchi uyim” yangi ipoteka dasturi boshlanadi. Dastur doirasida, birinchi navbatda, turar-joyga ehtiyoji bor hamda yosh oilalar uchun eng qulay shartlar asosida uy-joylar barpo etiladi.
12:24 20.12.2022
Odil sudlovni ta’minlashda himoyachiga berilgan huquqlar ham qayta ko‘rib chiqilib, yetmaydigan vakolatlar beriladi.

"Nima uchun, advokatga jinoyat ishi qo‘zg‘atish va tugatish haqidagi qarordan nusxa berilmaydi? Bunday holatd́a tenglik haqida qanday gapirish mumkin? Endi, sudlarga jinoyat ishi faqat ayblov xulosasi bilan emas, balki himoyachi fikri bilan birga qabul qilinadi. Ayblanuvchining himoyachidan voz kechishi bo‘yicha har bir holat prokuror, sud tomonidan sinchiklab o‘rganiladigan tizim joriy qilinadi", — prezident.
12:23 20.12.2022

Shavkat Mirziyoyev: "Tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiyani prokurordan sudga o‘tkazamiz.

12:16 20.12.2022
Navro‘z bayramigacha respublikaga 2000 ta avtobus olib kelinadi.
12:15 20.12.2022

Mahalla budjeti masalasini ham hal qilamiz. Kelgusi yildan mol-mulk solig‘ining bir qismi mahallada qoladi — Shavkat Mirziyoyev.

12:15 20.12.2022
Prezident xalqning malakali va sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yanada kengaytirilishini ta’kidladi.

Avvalo, bepul tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi qonun bilan belgilanadi. Ajratilayotgan mablag‘lar har bir bemorga yetib borishi uchun davlat tibbiy sug‘urtasiga o‘tish tezlashtiriladi.

Kelasi yili bu tizim Toshkent shahrida boshlanadi. Bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham joriy qilinadi. Sog‘lom ovqatlanish ratsioniga doir tavsiyalar odamlarga yetkazilmayotgani, turli yoshdagi kishilar uchun jismoniy mashqlarni o‘rgatish ishlari yo‘qligi ta’kidlandi.

Shu bois, “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” yangi umummilliy harakati mahalladan boshlanadi.
Yangiliklar lentasi
0