Putin va Lukashenko yagona mudofaa maydoni yaratish masalasini muhokama qildi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Belorussiyu
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Belorussiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2022
Obuna bo‘lish
Putin Lukashenko bilan umumiy mudofaa maydoni masalasini muhokama qilganini aytdi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin beloruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenko bilan yagona mudofaa makonini yaratish masalasini muhokama qilganini aytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Albatta, bugungi muzokaralar chog‘ida yagona mudofaa makonini shakllantirish, Ittifoq davlati xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, 1-yanvardan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotida raislik Belarusga o‘tishini inobatga olib, KXShT doirasidagi hamkorlik masalalarini atroflicha muhokama qildik”, - dedi Putin muzokaralar yakuni bo‘yicha.

Lukashenkoning aytishicha, Belarus Rossiya tomonidan berilgan “Iskander” va S-400 majmualarini navbatchilikka qo‘ygan. Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, Belarusda sobiq Sovet Ittifoqi davridan “maxsus o‘q-dorilarni tashishga qodir bo‘lgan samolyotlar qolgan”, hozirda Rossiya ishtirokida uchuvchilar tayyorlanmoqda.
Rossiya rahbarining ta’kidlashicha, mamlakatlar o‘rtasidagi harbiy tayyorgarlik sohasidagi hamkorlikning bu shakli “ularning ixtirosi emas”.
“Masalan, Qo‘shma Shtatlar NATO blokidagi ittifoqchilari bilan o‘nlab yillar davomida shunday faoliyat olib bormoqda”, - deydi Putin.
Avgust oyida Aleksandr Lukashenko Belarusning “Su” toifasidagi samolyotlari yadroviy qurol tashish uchun moslashtirilganini aytgandi.
Yangiliklar lentasi
0