O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi korxonalar eng tez ko‘paymoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishFlag Rossii i Uzbekistana, arxivnoe foto
Flag Rossii i Uzbekistana, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2022
Obuna bo‘lish
2022 yilning o‘tgan davrida Rossiya kapitali ishtirokida mingga yaqin korxona ish boshlagan.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalar soni eng tez o‘sib bormoqda. Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu yilning o‘tgan 11 oyida Rossiya kapitali ishtirokida 942 ta yangi tashkil etilgan.
Ta’kidlanishicha, faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 389 taga oshib, 15 497 taga yetgan.
2022 yil 1-dekabr holatiga xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan korxonalar soni bo‘yicha yakka peshqadam Rossiyadan keyingi o‘rinlarni Turkiya (331 ta), Xitoy (245 ta) va Qozog‘iston (174 ta) egallagan.
Xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar bo‘yicha qolgan davlatlar ulushi:
Koreya – 79 ta;
Tojikiston – 62 ta;
Qirg‘iz R. – 56 ta;
AQSh – 40 ta;
Germaniya – 37 ta;
Ozarbayjon – 34 ta;
Turkmaniston – 24 ta;
boshqalar – 653 ta.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
Rossiya – 3 055 ta;
Turkiya – 2 171 ta;
Xitoy – 2 115 ta;
Qozog‘iston – 1 235 ta;
Koreya – 919 ta.
Yangiliklar lentasi
0