Mirziyoyev parlamentga murojaatida Qoraqalpog‘iston voqealariga to‘xtaldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaObrashenie Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva k Oliy Majlisu i narodu Uzbekistana
Obrashenie Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva k Oliy Majlisu i narodu Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2022
Obuna bo‘lish
Prezident xalqaro munosabatlarda o‘zaro ishonch kamayib, qarama-qarshilik va mojarolar ortib borayotganidan xavotir bildirdi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Yangi O‘zbekistonda har tomonlama rivojlangan, obod va farovon Yangi Qoraqalpog‘istonni bunyod etish asosiy maqsadlardan biridir. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaati chog‘ida Qoraqalpog‘iston voqealariga to‘xtalib, aytib o‘tdi.
“Hammamiz ko‘rib-bilib turibmiz – bugun insoniyat nihoyatda murakkab davrni boshidan kechirmoqda. Yer yuzidagi iqlimning keskin o‘zgarishi, suv va tabiiy resurslar kamayishi bilan bog‘liq muammolar katta xatarlarga aylanmoqda”, - deydi Shavkat Mirziyoyev.
U so‘zida davom etib, xalqaro munosabatlarda o‘zaro ishonch kamayib, qarama-qarshilik va mojarolarning ortishi barqarorlik va rivojlanishga jiddiy xavf solayotganini urg‘uladi.
“Afsuski, bunday xavf-xatarlar bizni ham chetlab o‘tmayapti. Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan noxush voqealar xalqimizni qattiq qayg‘uga soldi. Xudoga shukur, ko‘p millatli xalqimizning oqilligi va donishmandligi bilan vaziyat tezda izga tushdi”, - deyadi prezident.
U “Qoraqalpog‘iston yutug‘i – butun O‘zbekiston yutug‘i, Qoraqalpog‘iston tashvishi – butun O‘zbekiston tashvishi”, degan g‘oya hamisha amaliy harakat dasturi bo‘lib kelganini va bundan keyin ham shunday bo‘lib qolishini ta’kidladi.
“Bizning ezgu maqsadimiz – birgalikdagi mehnatimiz bilan Yangi O‘zbekistonda har tomonlama rivojlangan, obod va farovon Yangi Qoraqalpog‘istonni bunyod etishdir. Asrlar davomida et va tirnoq kabi bir bo‘lib ketgan xalqlarimiz do‘stligiga, hech qanday kuch ta’sir ko‘rsata olmaydi. Chunki, bizning o‘tmishimiz bir, bugunimiz ham, kelajagimiz ham bir”, - deydi O‘zbekiston rahbari.
Yangiliklar lentasi
0