Kartoshka importi oshdi

© Sputnik / Artur Lebedev / Mediabankka o‘tishKartoshka, arxivnoe foto
Kartoshka, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2022
Obuna bo‘lish
Kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22,5 ming tonnaga oshgan.
TOShKENT, 20 dek - Sputnik. Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 16 ta davlatdan qiymati 73,4 million dollarga teng bo‘lgan 478,3 ming tonna kartoshka import qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

“Kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22,5 ming tonnaga oshgan”, - deyiladi xabarda.

2022 yilning 11 oyida O‘zbekiston eng ko‘p kartoshka import qilgan davlatlar:
Pokiston – 259,1 ming tonna;
Qozog‘iston – 155,1 ming tonna;
Qirg‘iziston – 30 ming tonna;
Rossiya – 15 ming tonna;
Niderlandiya – 6,4 ming tonna;
Eron – 5,6 ming tonna.
2022 yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda 2,6 mln. tonna kartoshka yetishtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0