Iqtisod

Davlat byudjeti xarajatlari kelgusi yilda 257 trln soʻm boʻlishi kutilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.12.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Davlat byudjeti daromadlari 232,1 trillion soʻm yoki YAIMga nisbatan 21,7 foiz darajasida boʻlishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 20 dek — Sputnik. 2023 yilda Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 1068,0 trillion soʻm, Davlat byudjeti 257,7 trillion soʻm boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda “2023 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi loyihasida soʻz boradi.
Kecha, 19 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar "Davlat byudjeti toʻgʻrisida"gi qonun loyihasini koʻrib chiqdi.
Majlisda kun tartibidagi masala yuzasidan Moliya vaziri Timur Ishmetov, Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisi Sharofiddin Nazarovning maʼruzasi eshitildi.
Qonun loyihasi va Byudjetnomada yalpi ichki mahsulotning oʻsish surati 5,3 foiz miqdorda boʻlishi nazarda tutilmoqda. Xususan, sanoat ishlab chiqarish hajmi 5,1 foiz, qurilish 6,0 foiz, qishloq xoʻjaligi 3,5 foiz, xizmatlar sohasida 6,7 foizga ortishi kutilmoqda. 2023 yilda mamlakatning YAIM 1068,0 trillion soʻmni, Davlat byudjeti daromadlari 232,1 trillion soʻm yoki YAIMga nisbatan 21,7 foiz darajasida boʻlishi kutilmoqda.
Qonun loyihasi bilan 2023 yildan boshlab konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligining cheklangan mikdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foizdan oshmasligi belgilanmoqda.
Davlat byudjetining xarajatlari (davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratiladigan transfertlar bilan birga ) 257,7 trillion soʻmni, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 24,1 foizni yoki 2022 yil kutilayotgan ijroga nisbatan 18,9 trln soʻmga ortishi prognoz qilinmoqda.
Shuningdek, 2023 yilda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzining yuqori chegarasini 4,5 mlrd dollar hamda ichki obligatsiyalarni muomalaga chiqarishning yuqori chegarasini 17,0 trln soʻm qilib belgilash taklif etilmoqda.
Bundan tashqari, 2023 yil uchun mahalliy byudjetlar balansliligini taʼminlash maqsadida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi hamda foyda soligʻidan tushumlarning Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri uchun oʻtkazib beriladigan qismlari qayta koʻrib chiqilishi rejalashtirilyapti.
Muhokamalardan soʻng qonun loyihasini deputatlar birinchi oʻqishda qabul qilishdi.
Yangiliklar lentasi
0