“Toshkent quvonchlari” xalqaro bolalar rasmlari biyennalesi boshlandi -foto

© SputnikVIII mejdunarodniy biyennale detskogo risunka "Radosti Tashkenta"
VIII mejdunarodniy biyennale detskogo risunka Radosti Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2022
Obuna bo‘lish
Har 2-yilda “Toshkent quvonchlari” xalqaro bolalar rasmlari biyennalesini o‘tkazib boriladi. G‘oliblari Gran – pri, 7 ta oltin, 7 ta kumush, 7 ta bronza medallari taqdirlanadi.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. “Toshkent quvonchlari” IX xalqaro bolalar rasmlari biyennalesining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Tadbir O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va boshqa bir qator vazirlik hamda tashkilotlar tashabbusi bilan tashkil etildi.
© Sputnik
VIII mejdunarodniy biyennale detskogo risunka Radosti Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
1/7
© Sputnik
VIII mejdunarodniy biyennale detskogo risunka Radosti Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
2/7
© Sputnik
VIII mejdunarodniy biyennale detskogo risunka Radosti Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
3/7
© Sputnik
VIII mejdunarodniy biyennale detskogo risunka Radosti Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
4/7
© Sputnik
VIII mejdunarodniy biyennale detskogo risunka Radosti Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
5/7
© Sputnik
VIII mejdunarodniy biyennale detskogo risunka Radosti Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
6/7
© Sputnik
VIII mejdunarodniy biyennale detskogo risunka Radosti Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
7/7
1/7
2/7
3/7
4/7
5/7
6/7
7/7
Xalqaro tanlovni o‘tkazishdan maqsad – bolalarning tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishini orttirish, ular orasidan yangi iqtidorlarni izlab topish va rag‘batlantirish, O‘zbekiston bolalarini dunyodagi tengdoshlari ijodi bilan yaqindan tanishtirish,ijodiy muloqotini yo‘lga qo‘yish, ularning do‘stligini yanada mustahkamlash, qolaversa, jahon san’ati va madaniyatiga bo‘lgan e’tiborni oshirishdir.
Qolaversa, biyennale maktabgacha yoshdagi, maktab yoshidagi bolalarning intellektual o‘sishini rag‘batlantirish,tasavvurini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
“Biz har 2-yilda “Toshkent quvonchlari” xalqaro bolalar rasmlari biyennalesini o‘tkazib boramiz. Ijodkor bolalarning atrof-muhitga va jamiyatga nisbatan bahosi, munosabati beg‘ubor bo‘ladi. Men ko‘rgazmadagi rasmlarni ko‘rib chuqur hayajondaman”, - dedi O‘zbekiston xalq rassomi, Badiiy akademiya raisi Akmal Nur Sputnik muxbiri bilan suhbatda.
© SputnikAkmal Nur
Akmal Nur - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2022
Akmal Nur
Biyennale g‘oliblari Gran – pri, 7 ta oltin, 7 ta kumush, 7 ta bronza medallari va 30 dona esdalik tangalari va barcha ishtirokchilar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanishadi.
“Xalqaro tadbirning ko‘lami yildan yilga ortib bormoqda. Iste’dodli bolalarning kichik yoshdan tasviriy san’atga mehr qo‘yishi va ranglar orqali dunyoni tasavvur qilishi bu juda quvonarli. “Toshkent quvonchlari” ana shunday iste’dodlarni kashf etishda bizga yordam beradi”, - dedi Akmal Nur.
“Men bu tanlovda birinchi bor qatnashmoqdaman. Chizgan rasmim orqali kosmosni tasvirlashga harakat qildim. 6 yoshimdan rasmga chizishga va musiqaga qiziqaman. Bu tanlovda birinchi o‘rinni olishni xohlayman”, - dedi 10 yoshli ishtirokchi E’zoza Shoyunusova.
© SputnikE’zoza Shoyunusova
E’zoza Shoyunusova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2022
E’zoza Shoyunusova
IX “Toshkent quvonchlari”da bu yil 20 ga yaqin chet davlatlar bolalari ijodiy ishlari ishtirok etmoqda.
Biyennale 23-dekabrda yakunlanadi va g‘oliblar O‘zbekiston Badiiy akademiyasida e’lon qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0