Toqayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev v ramkax uchastiya v sammite "Sentralnaya Aziya – Yevropeyskiy Soyuz" vstretilsya s Prezidentom Respubliki Kazaxstan Kasim-Jomartom Tokayevim.
Shavkat Mirziyoyev v ramkax uchastiya v sammite Sentralnaya Aziya – Yevropeyskiy Soyuz vstretilsya s Prezidentom Respubliki Kazaxstan Kasim-Jomartom Tokayevim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2022
Obuna bo‘lish
Tashrif doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari bir qator yirik investitsiya loyihalarini boshlab berishi rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev joriy yilning 21-22 dekabr kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Sammit kun tartibidan O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni ilgari surish, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, faol hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish kabi asosiy masalalar o‘rin olgan.
Davlat rahbarlari bir qator yirik investitsiya loyihalarini boshlab berishi rejalashtirilmoqda.
Uchrashuvlar yakunida amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama bitimlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dekabrda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi kutilayotgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0