https://oz.sputniknews.uz/20221219/subsidiya-30868244.html
Fermerlarga subsidiya uchun arizani onlayn berish va ajratish yo‘lga qo‘yiladi
Fermerlarga subsidiya uchun arizani onlayn berish va ajratish yo‘lga qo‘yiladi
Sputnik O‘zbekiston
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalar “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali beriladi. 19.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-19T17:45+0500
2022-12-19T17:45+0500
2022-12-19T17:45+0500
subsidiya
o‘zbekiston
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/495/77/4957714_0:104:2000:1229_1920x0_80_0_0_a0fbbf90ea1789b8883bc0c2ea18e5d2.jpg
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali subsidiya ajratiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.Hukumat qarori bilan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berish” axborot tizimi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.Nizom bilan “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va subsidiya olishga talabgorlarning arizalarini ko‘rib chiqish va ularga subsidiya ajratish tartibi belgilandi.Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi “Agrosubsidiya” axborot tizimining operatori hisoblanadi.“Agrosubsidiya” ATning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:Vakolatli davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar talabgorlarning tijorat banklaridagi hisob varag‘iga subsidiyani “UzASBO” dasturiy majmuasi orqali o‘tkazib beradi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/495/77/4957714_112:0:1889:1333_1920x0_80_0_0_2170e3c16d93933191ab01dfaffd0c0f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
subsidiya, o‘zbekiston, iqtisod
subsidiya, o‘zbekiston, iqtisod
Fermerlarga subsidiya uchun arizani onlayn berish va ajratish yo‘lga qo‘yiladi
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalar “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali beriladi.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali subsidiya ajratiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar
bermoqda.
Hukumat qarori bilan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berish” axborot tizimi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Nizom bilan “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va subsidiya olishga talabgorlarning arizalarini ko‘rib chiqish va ularga subsidiya ajratish tartibi belgilandi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi “Agrosubsidiya” axborot tizimining operatori hisoblanadi.
“Agrosubsidiya” ATning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
talabgorlarning subsidiya olish uchun arizalar elektron shaklda yuborishi hamda ushbu xizmatdan xavfsiz va kafolatli foydalanishini ta’minlash;
talabgorlarga ularning manzilli ro‘yxatga kirishi yoki subsidiya olish uchun yuborilgan arizalarni ko‘rib chiqishning holatini va bosqichlarni ko‘rib borish imkoniyatini yaratish;
talabgorlarga ular yuborgan arizalar vakolatli davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar ko‘rib chiqishi natijalarini (xulosalar) kuzatib borishini ta’minlash;
vakolatli organlar talabgorlar yuborgan arizalarni ko‘rib chiqishi va ularga elektron shaklda xulosa berishi.
Vakolatli davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar talabgorlarning tijorat banklaridagi hisob varag‘iga subsidiyani “UzASBO” dasturiy majmuasi orqali o‘tkazib beradi.