Rossiya narxlarning ko‘tarilishidan dastak sifatida foydalanmaydi – Matviyenko

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPredsedatel Soveta Federatsii RF Valentina Matviyenko
Predsedatel Soveta Federatsii RF Valentina Matviyenko  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiya kengashi spikerining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya xalqaro maydonda hamisha o‘zini juda vijdonli tutadi.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Rossiya hech qachon global oziq-ovqat inqirozi va oziq-ovqat narxining oshishi mavzusidan siyosiy vosita sifatida foydalanmagan va foydalanmaydi. Bu haqda Rossiya Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenko ta’kidladi.

“G‘arbning oziq-ovqat inqirozi, oziq-ovqat narxining ko‘tarilishida Rossiyani ayblashga urinayotgan vijdonsizlarcha siyosati endi samara bermayapti. Bu G‘arb qo‘lidagi siyosiy vosita ekanligini allaqachon hamma tushunib yetdi. Biz bu mavzudan hech qachon siyosiy dastak sifatida foydalanmaganmiz va foydalanmaymiz ham”, - dedi Matviyenko “Rossiya 1” telekanali efirida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya xalqaro maydonda hamisha o‘zini juda vijdonli tutadi.
Federatsiya kengashi raisi Rossiyaning o‘zi boshqa tomonlarni jalb qilmasdan o‘z g‘allasini eksport qilish tarafdori ekanligini aytdi.
“Biz g‘allani o‘zimiz ishlab chiqaramiz va resurslarimizni birovning qo‘liga o‘tkazmasdan, o‘zimiz ta’minlashimiz kerak, g‘alla esa uni bizga qarshi ishlatayotganlar uchun juda muhim resurs”, dedi Matviyenko.
Uning ta’kidlashicha, g‘alla ichimlik suvi bilan bir qatorda Yerdagi hayotni saqlab qolish va qutqarish imkonini beruvchi ulkan resursdir.

“Menimcha, bu borada Rossiyaning o‘ziga xos global missiyasi bor. Rossiyada bugungi kunda rekord darajadagi g‘alla hosili insoniyatning katta qismini, ayniqsa, qashshoq mamlakatlarni haqiqiy ochlikdan qutqarish garovidir”, - dedi Federatsiya kengashi spikeri.

G‘arb Ukrainadagi mojaro tufayli Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi, bu esa Yevropa va Qo‘shma Shtatlarda elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keldi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0