https://oz.sputniknews.uz/20221219/prezident-sovgasining-birinchi-karvoni-hududlarga-jonatildi-30877409.html
“Prezident sovg‘asi”ning birinchi karvoni hududlarga jo‘natildi
“Prezident sovg‘asi”ning birinchi karvoni hududlarga jo‘natildi
Sputnik O‘zbekiston
“Prezident sovg‘asi”ni bu yil 3–15 yoshdagi 10 ming nafar bolaga topshiriladi. 19.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-19T19:49+0500
2022-12-19T19:49+0500
2022-12-19T19:49+0500
jamiyat
prezident sovg‘asi
xalq ta’limi vazirligi (xtv)
yangi yil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/13/30876289_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_1c77716cab547dfd8f479a11afb985d7.jpg
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Bugun Toshkentdagi “Crafers” qandolatchilik fabrikasida “Prezident sovg‘asi”ni qadoqlash, bezash va hududlarga jo‘natish jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.3–15 yoshdagi 10 ming nafar bolaga mo‘ljallangan “Prezident sovg‘alari” tarkibiga O‘zbekiston prezidentining bolalarga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi, 14 turdagi shirinliklar, 3 turdagi o‘quv qurollari, elektron kitob, termos va shaxmat jihozlari kiritilgan.Shuningdek, joriy yilda mazkur sovg‘alar tarkibiga Mehribonlik uylari, Oilaviy bolalar uylari, SOS bolalar mahallalari hamda “Mehrli maktab”ning 12 yoshdan katta bo‘lgan 1095 nafar tarbiyalanuvchilari uchun zamonaviy elektron kitoblar ham kiritildi.Qayd etilishicha, “Prezident sovg‘asi” mamlakatning 10 ta hududi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlariga “O‘zbekiston havo yo‘llari” orqali, Sirdaryo, Jizzax, Toshkent viloyatlariga hududiy Davlat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari kuzatuvi ostidagi avtotransport vositalarida yetkazilishi rejalashtirilgan.“Prezident sovg‘asi” joriy yilning 29-30 dekabr kunlari Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga topshiriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/13/30876289_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_e65ac1056eb353cf4a6491e2a8e3a72f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, prezident sovg‘asi, xalq ta’limi vazirligi (xtv), yangi yil
jamiyat, prezident sovg‘asi, xalq ta’limi vazirligi (xtv), yangi yil
“Prezident sovg‘asi”ning birinchi karvoni hududlarga jo‘natildi
“Prezident sovg‘asi”ni bu yil 3–15 yoshdagi 10 ming nafar bolaga topshiriladi.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Bugun Toshkentdagi “Crafers” qandolatchilik fabrikasida “Prezident sovg‘asi”ni qadoqlash, bezash va hududlarga jo‘natish jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
3–15 yoshdagi 10 ming nafar bolaga mo‘ljallangan “Prezident sovg‘alari” tarkibiga O‘zbekiston prezidentining bolalarga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi, 14 turdagi shirinliklar, 3 turdagi o‘quv qurollari, elektron kitob, termos va shaxmat jihozlari kiritilgan.
Shuningdek, joriy yilda mazkur sovg‘alar tarkibiga Mehribonlik uylari, Oilaviy bolalar uylari, SOS bolalar mahallalari hamda “Mehrli maktab”ning 12 yoshdan katta bo‘lgan 1095 nafar tarbiyalanuvchilari uchun zamonaviy elektron kitoblar ham kiritildi.
Qayd etilishicha, “Prezident sovg‘asi” mamlakatning 10 ta hududi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlariga “O‘zbekiston havo yo‘llari” orqali, Sirdaryo, Jizzax, Toshkent viloyatlariga hududiy Davlat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari kuzatuvi ostidagi avtotransport vositalarida yetkazilishi rejalashtirilgan.
“Prezident sovg‘asi” joriy yilning 29-30 dekabr kunlari Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga topshiriladi.