O‘zbekistonlik rejissorlar “Yevroosiyo” kinofestivalida taqdirlanishdi

© Agentstvo kinematografii UzbekistanaUzbekistanskie rejisseri Ali Xamrayev i Kamara Kamalova poluchili nagradi XVI Mejdunarodnogo kinofestivalya "Yevraziya"
Uzbekistanskie rejisseri Ali Xamrayev i Kamara Kamalova poluchili nagradi XVI Mejdunarodnogo kinofestivalya Yevraziya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2022
Obuna bo‘lish
Qamara Kamalova “Yo‘l bo‘lsin” badiiy filmi uchun hakamlar hay’atining maxsus mukofotiga loyiq ko‘rildi.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Qozog‘istonning Olmaota shahrida 12-18 dekabr XVI “Yevroosiyo” xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik bir guruh ijodkorlar ham taqdirlanishdi.
Xususan, kinorejissor Ali Hamrayev “Markaziy Osiyoda kino san’ati rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi, kinorejissor Qamara Kamalova “Yo‘l bo‘lsin” badiiy filmi uchun hakamlar hay’atining maxsus mukofotiga loyiq ko‘rildi. Shuningdek, O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov “Yevrosiyoda festival harakatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” maxsus sovrin bilan taqdirlandi.
Shu bilan birga festival doirasida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov Qozog‘iston Madaniyat va sport vaziri o‘rinbosari Nurkisa Dauyeshov, Qozog‘iston Kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori Yesetjan Kosubayev va “Kinopark” eng yirik kinoteatrlar tarmog‘i rahbari Yerlan Buxarbayev bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlar davomida o‘zaro hamkorlikda olinadigan kino loyihalar, kino san’ati va sanoatining boshqa yo‘nalishlarida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha muhokamalar bo‘ldi.
Bundan tashqari, BDKIning Toshkent filiali va Turon universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Shartnomaga ko‘ra talabalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik loyihalarini, o‘quv kurslarini, ilmiy konferensiya hamda o‘quv dasturlarini, mahorat darslarini tashkil qilish etish ko‘zda tutilgan. Har ikki oliy dargoh diplomlari O‘zbekiston va Qozog‘istonda tan olinadi.
“Yevroosiyo” xalqaro kinofestivali Qozog‘istondagi 1998-yilda tashkil etilgan. U ikki yillik tanaffusdan keyin yana qayta o‘z ishini boshladi. O‘tgan yillarda bu festivalga Kim Ki Duk, Emir Kusturitsa, Jan Klod Van Damm, Mikele Plachido, Katrin Denev hamda Vinsen Kassel kabi dunyo kino yulduzlari tashrif buyurgandi.
Yangiliklar lentasi
0