https://oz.sputniknews.uz/20221219/ozbekiston-kavkazorti-orqali-eiga-yangi-konteyner-poezdi-qatnovini-yolga-qoydi-30859765.html
Oʻzbekiston Kavkazorti orqali YEIga yangi konteyner poyezdi qatnovini yoʻlga qoʻydi
Oʻzbekiston Kavkazorti orqali YEIga yangi konteyner poyezdi qatnovini yoʻlga qoʻydi
Temir yoʻl karvoni 46 ta vagon va 91 dona 20 futlik konteynerdan tashkil topgan. 19.12.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-12-19T14:18+0500
2022-12-19T14:18+0500
2022-12-19T14:18+0500
iqtisod
oʻzbekiston temir yoʻllari
temir yoʻl
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/13/30858927_0:3:1280:723_1920x0_80_0_0_9329b5a0a98272b67d14d66627be88b9.jpg
TOSHKENT, 19 dek — Sputnik. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Turkmaniston va Kavkaz mamlakatlari – Ozarbayjon va Gruziya orqali Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga konteyner poyezdi qatnovini yoʻlga qoʻydi. Bu haqda dushanba kuni temir yoʻl kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, “Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJ oʻrta koridor orqali Yevropaga birinchi konteyner poyezdini yubordi.Konteyner poyezdi “Oʻzbekiston - Turkmaniston - Ozarbayjon - Gruziya - Bolgariya/Yevropa" yoʻnalishi boʻylab 4000 km dan ortiq masofani bosib oʻtadi.Ushbu qatnov xorijiy hamkorlar Turkmanistondan – “TLTST” OAJ, Ozarbayjondan – ADY Container LLC va Gruziyadan – GR Logistics and Terminals yordamida amalga oshirildi.Dekabr oyi boshida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Qozogʻiston va Rossiya orqali Litvaga konteynerli poyezd qatnovini yoʻlga qoʻygandi. Kompaniya yangi yoʻlakni muntazam qilish niyatida.Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonning tashqi savdodagi asosiy hamkorlari Rossiya va Xitoy hisoblanadi. Shu yilning 11 oyida Oʻzbekiston Rossiyaga 2,8 mlrd dollarli, Xitoyga 2,4 mlrd dollarli mahsulot yetkazib bergan. Oʻz navbatida, Xitoydan qiymati 5,8 mlrd dollar, Rossiyadan 5,5 mlrd dollar boʻlgan tovar va xizmatlar import qilingan.Soʻnggi 4 yil ichida Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 3 baravarga oʻsdi. Joriy yilning 10 oyida oʻsish 30 foizni qayd etdi. Rossiyaning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyalarining umumiy hajmi 13 milliard dollardan ortiqni tashkil etadi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/13/30858927_156:0:1124:726_1920x0_80_0_0_d0cddd7958e12a8fbb3d96331d6e0eaa.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
oʻzbekiston temir yoʻllari, temir yoʻl
oʻzbekiston temir yoʻllari, temir yoʻl
Oʻzbekiston Kavkazorti orqali YEIga yangi konteyner poyezdi qatnovini yoʻlga qoʻydi
Temir yoʻl karvoni 46 ta vagon va 91 dona 20 futlik konteynerdan tashkil topgan.
TOSHKENT, 19 dek — Sputnik. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Turkmaniston va Kavkaz mamlakatlari – Ozarbayjon va Gruziya orqali Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga konteyner poyezdi qatnovini yoʻlga qoʻydi. Bu haqda dushanba kuni temir yoʻl kompaniyasi matbuot xizmati
xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJ oʻrta koridor orqali Yevropaga birinchi konteyner poyezdini yubordi.
“16 dekabr kuni OKMK yuklari ortilgan birinchi konteyner blok poyezdi Bolgariyaning Burgas portiga yuborildi. Ushbu yuk poyezdi mis kontsentratidan iborat 46 ta vagon va 91 dona 20 futlik konteynerdan tashkil topgan”, - deyiladi xabarda.
Konteyner poyezdi “Oʻzbekiston - Turkmaniston - Ozarbayjon - Gruziya - Bolgariya/Yevropa" yoʻnalishi boʻylab 4000 km dan ortiq masofani bosib oʻtadi.
Ushbu qatnov xorijiy hamkorlar Turkmanistondan – “TLTST” OAJ, Ozarbayjondan – ADY Container LLC va Gruziyadan – GR Logistics and Terminals yordamida amalga oshirildi.
Dekabr oyi boshida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Qozogʻiston va Rossiya orqali Litvaga konteynerli poyezd qatnovini yoʻlga qoʻygandi. Kompaniya yangi yoʻlakni muntazam qilish niyatida.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonning tashqi savdodagi asosiy hamkorlari Rossiya va Xitoy hisoblanadi. Shu yilning 11 oyida Oʻzbekiston Rossiyaga 2,8 mlrd dollarli, Xitoyga 2,4 mlrd dollarli mahsulot yetkazib bergan. Oʻz navbatida, Xitoydan qiymati 5,8 mlrd dollar, Rossiyadan 5,5 mlrd dollar boʻlgan tovar va xizmatlar import qilingan.
Soʻnggi 4 yil ichida Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 3 baravarga oʻsdi. Joriy yilning 10 oyida oʻsish 30 foizni qayd etdi. Rossiyaning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyalarining umumiy hajmi 13 milliard dollardan ortiqni tashkil etadi.