Norov: O‘zbekiston ko‘p tomonlama diplomatiya tamoyillariga sodiqligini namoyon etmoqda

© MID UzbekistanaVladimir Norov
Vladimir Norov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri mamlakatning qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligiga to‘xtaldi.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov “Yangi O‘zbekiston - o‘zgaruvchan va o‘zaro bog‘liq dunyoda ishonchli hamkor” mavzusida davra suhbati chog‘ida mamlakatning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligiga alohida e’tibor qaratdi.
Norovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston ko‘p tomonlama diplomatiya tamoyillariga qat’iy rioya qilib, xalqaro institutlar bilan muloqot doirasida yangi ufqlarni ochmoqda.
Xususan, mamlakat Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) global muammolarni hal qilish va xalqaro xavfsizlikni ta’minlashda markaziy rolini mustahkamlash tarafdoridir.
Davra suhbati ishtirokchilarining e’tibori O‘zbekiston rahbarining Osiyoda o‘zaro hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha yig‘ilish maydonida e’lon qilingan BMT shafeligida Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro muzokaralar guruhini tuzish taklifiga qaratildi.
“O‘zbekiston rahbari tomonidan ilgari surilgan bu va boshqa ko‘plab tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish barcha yutqazadigan qarama-qarshiliklar va raqobatdan xoli bo‘lgan keng ko‘lamli mintaqalararo hamkorlikni shakllantirishga imkon beradi”, - dedi vazir.
O‘zbekiston TIV rahbari mamlakatning Shanxay hamkorlik tashkilotidagi (ShHT) raisligi haqidagi fikrlari bilan ham o‘rtoqlashdi.
Mazkur tuzilmada respublika raisligi transport, sanoat kooperatsiyasi, energetika, oziq-ovqat va ekologik xavfsizlik, innovatsiya, raqamli transformatsiya va yashil iqtisodiyot kabi ustuvor yo‘nalishlardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi strategik qirralarini ochishga qaratilganligi qayd etildi.
Ushbu jabhalarning har biri bo‘yicha hamkorlari bilan birgalikda rekord miqdordagi hujjatlar qabul qilindi. Bu ShHTga a’zo barcha davlatlarining ko‘p qirrali aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdorligini ko‘rsatmoqda.
“Bu tarkibi yangi ishtirokchilar bilan kengayib, xalqaro nufuzi mustahlanib borayotgan tashkilotdan juda yaxshi va ijobiy signaldir” - dedi u.
O‘zbekiston ko‘p tomonlama diplomatiyasi haqida so‘z yuritar ekan, Vladimir Norov Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) Samarqanddagi sammitini ham eslatib o‘tdi. Ushbu tadbir tashkilotning o‘zaro hamkorlik platformasidan savdo-iqtisodiy, transport, madaniy-gumanitar sohalarda amaliy muloqot bo‘yicha to‘laqonli mintaqaviy tashkilotiga aylanish dasturini tasdiqladi.
Yangiliklar lentasi
0