https://oz.sputniknews.uz/20221219/elektromobillar-va-gibrid-avtomobillar-2030-yilgacha-bojdan-ozod-etiladi-30880358.html
Elektromobillar va gibrid avtomobillar 2030-yilgacha bojdan ozod etiladi
Elektromobillar va gibrid avtomobillar 2030-yilgacha bojdan ozod etiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2030-yilga qadar elektromobillar va gibrid avtomobillar bojdan ozod etiladi. Shuningdek ularning xaridorlariga imtiyozli kreditlar beriladi. 19.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-19T21:36+0500
2022-12-19T21:36+0500
2022-12-19T21:36+0500
jamiyat
elektr energiyasi
elektromobil
bojxona boji
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/09/22631758_0:100:1921:1180_1920x0_80_0_0_06931a0cadda949934459e59c0baa28e.jpg
TOShKENT, 19 dek - Spurtnik. Elektromobillar va gibrid avtomobillar 2030-yil 1-yanvargacha bojxona bojidan ozod etiladi. Bu haqida 443 sonli Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, elektr energiyasi manbalarida harakatlanuvchi transportlar hamda ichki yonuv dvigateli va tashqi elektr manbai orqali zaradlanuvchi elektr motori yordamida harakatlanuvchi transportlarni sanoat usulida ishlab chiqarishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etiladi.Xususan, 2030-yil 1-yanvargacha:Elektromobillar va gibrid avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchilar 2030-yil 1-yanvargacha litsenziya varaqalari berilganligi uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.2023 yil 31-yanvargacha Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti qoshida Elektromobillar va ularning infratuzilmasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot laboratoriyasi tashkil etiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/09/22631758_106:0:1813:1280_1920x0_80_0_0_2357c9e109c7971d4d9b24c5b3562982.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, elektr energiyasi, elektromobil, bojxona boji
jamiyat, elektr energiyasi, elektromobil, bojxona boji
Elektromobillar va gibrid avtomobillar 2030-yilgacha bojdan ozod etiladi
O‘zbekistonda 2030-yilga qadar elektromobillar va gibrid avtomobillar bojdan ozod etiladi. Shuningdek ularning xaridorlariga imtiyozli kreditlar beriladi.
TOShKENT, 19 dek - Spurtnik. Elektromobillar va gibrid avtomobillar 2030-yil 1-yanvargacha bojxona bojidan ozod etiladi. Bu haqida 443 sonli Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, elektr energiyasi manbalarida harakatlanuvchi transportlar hamda ichki yonuv dvigateli va tashqi elektr manbai orqali zaradlanuvchi elektr motori yordamida harakatlanuvchi transportlarni sanoat usulida ishlab chiqarishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etiladi.
Xususan, 2030-yil 1-yanvargacha:
respublikada ishlab chiqarilgan elektromobillar va gibrid avtomobillar utilizatsiya yig‘imidan ozod etiladi;
xorijdan olib kelinadigan elektromobillarning va gibrid avtomobillarning butlovchi qismlari, xomashyo va materiallar, uskunalar va texnologik jihozlarni, shu jumladan servis xizmati ko‘rsatish uchun ehtiyot qismlari bojxona bojidan ozod etiladi;
respublikada ishlab chiqarilgan va ichki bozorda sotilgan, elektromobil va gibrid avtomobillarni sotib olish uchun jismoniy shaxslarga milliy valyutada ajratiladigan BHMning 1200 baravaridan oshmaydigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun kredit muddatining dastlabki 36 oyi davomida kompensatsiya to‘lanadi.
Elektromobillar va gibrid avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchilar 2030-yil 1-yanvargacha litsenziya varaqalari berilganligi uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.
2023 yil 31-yanvargacha Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti qoshida Elektromobillar va ularning infratuzilmasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot laboratoriyasi tashkil etiladi.