Auksionda Qoratog‘ konining qiymati 65 milliard so‘mdan oshdi

© Sputnik / Igor Ageyenko / Mediabankka o‘tishDobicha zolotosoderjashey porodi na rudnikax
Dobicha zolotosoderjashey porodi na rudnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2022
Obuna bo‘lish
Kon Toshkent viloyatining Pskent tumanida joylashgan.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Qoratog‘ oltin konini geologik jihatdan o‘rganish va ishlov berish bo‘yicha o‘tkazilgan auksionda obyektning boshlang‘ich bahosi 168 barobarga oshdi. Auksionda "Asia Oil Industry" MChJ g‘olib deb topildi.
Konkurs boshida boshlang‘ich baho 390 million so‘mni tashkil qildi. Kimoshdi savdosi g‘olibi esa 65 milliard 520 million so‘mni taklif qildi. Shunday qilib, 42 soatlik savdolar natijasida narx 168 barobar oshdi.
Yer qa’ri uchastkasidan foydalanishdan maqsad uni geologik jihatdan o‘rganish va ishlov berishdir. Kon Toshkent viloyatining Pskent tumanida, Olmaliq shahridan 8,4 km uzoqlikda joylashgan.
Yangiliklar lentasi
0