Toshkentda Yangi yil bayramiga tayyorgarlik boshlandi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovNovogodnee oformlenie v Samarkande.
Novogodnee oformlenie v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2022
Obuna bo‘lish
Hozirda har bir tumandagi maydon hamda bog‘larda archalarni o‘rnatish jarayonlari davom etmoqda - tafsilotlar.
TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Toshkentda Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari boshlandi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.
Hozirda har bir tumandagi maydon hamda bog‘larda archalarni o‘rnatish jarayonlari davom etmoqda. Bayram tadbirlari turli sahna chiqishlari, xonandalar ishtirokidagi konsert dasturlariga boy bo‘ladi.

“Bu yil Yangi yil archa bayramlari o‘zgacha ruxda bo‘lib o‘tadi. Archa atrofini bezatish dizayniga alohida etibor qaratilmoqda. Bolalar uchun turli xildagi atraksionlar qurilishi ko‘zda tutilgan”, - deydi Toshkent shahar Madaniyat bosh boshqarmasi boshlig‘i Abduvaxob Saxiyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, archa bayramiga Madaniyat vazirligidan kelishuv asosida taniqli san’atkorlar, teatr arboblari, yozuvchi va shoirlar, shou gruppalar tashkil qilingan.
Bayram tadbirlari yuqori kayfiyatda o‘tishi uchun xavsizlik choralari ham ko‘rilmoqda.

“Yurtdoshlarimizni xafsizligini ta’minlashga Toshkent shahar IIBB barcha shaxsiy tarkibi tayyor. Nafaqat bayram o‘tadigan joylarda balki, butun Toshkent bo‘ylab Toshkent shahar IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar kuchaytirilgan tartibda ish olib boradi”, - deydi Toshkent shahar IIBB axborot xizmati katta inspektori Jamoliddin Nasimov.

Eslatib o‘tamiz, 25-dekabrdan 5-yanvargacha har bir tumandagi maydon hamda bog‘larda bolalar va kattalar uchun ko‘ngilochar tadbirlar va bayram sayillari bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0