O‘qituvchilarga qo‘shimcha ishlarni yuklaydiganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin

© Depositphotos.com / BlazeofgloryUchitel pishet u doski v shkole
Uchitel pishet u doski v shkole - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2022
Obuna bo‘lish
Saida Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, o‘qituvchilarga vazifasidan tashqari ishlarni yuklaydiganlarni ham ma’muriy, jinoiy javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi qonun ishlab chiqilgan.
TOShKENT, 18 dek — Sputnik. O‘qituvchilarga vazifasidan tashqari ishlarni yuklaydiganlarni ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi va tez orada qabul qilinishi kutilyapti. Bu haqda Prezident administratsiyasi ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba mudiri Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
“Afsuski, farzandlarimizga ta’lim berayotgan o‘qituvchilar yillar davomida haq-huquqsiz, himoyasiz, qadrsiz bo‘ldi. Ulardan bog‘bon, farrosh, maktabga kelgan komissiyalarga xizmat ko‘rsatuvchi ofitsiant, zerikarli tadbirlarda bo‘sh zallarni to‘ldiruvchi “massovka”, matbuot nashrlariga majburiy obunachi, tungi navbatchi va maktab qorovuli sifatida foydalanildi. Endi bu ishlarni to‘xtatish vaqti keldi. Chunki o‘qituvchilar qadrini ko‘tarmas ekanmiz, hech narsaga erisha olmaymiz”, - deya yozdi u o‘zining telegram kanalida.
Avvalroq Mirziyoyeva tarmoqlarda tarqalgan maktab o‘qituvchilari hududdagi xonadonlarda yashovchi maktab yoshidagi bolalar to‘g‘risida ma’lumot yig‘ayotgani haqidagi xabarga munosabat bildirib, o‘qituvchilarga bo‘lgan munosabatni qayta ko‘rib chiqish o‘ta zarur deb hisoblashi va mutasaddilardan ularning zimmasiga keraksiz va noqonuniy vazifalar yuklashni bas qilishlarini so‘ragan edi.
Yangiliklar lentasi
0