Futzal: O‘zbekiston jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi

© Sportni rivojlantirish vazirligiO‘zbekiston jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2022
Obuna bo‘lish
Kecha, Toshkent xalqaro aeroportida bronza medali sovrindorlari tantanali kutib olindi.
TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Eshitishda nuqsoni bor sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan futzal bo‘yicha Jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar bronza medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida 6-16 dekabr kunlari 21 yoshgacha bo‘lgan eshitishda nuqsoni bor sportchilar o‘rtasida futzal bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazildi.
Ushbu musobaqada dastlab jamoalar guruhlarga bo‘lingan holda kuchlilar aniqlandi.O‘zbekiston terma jamoasi ham guruhda kuchli o‘yin ko‘rsatib pley offga yo‘l oldi.
Chorak finalda futzalchilar saudiyaliklarni 11:2 hisobida mag‘lub etishdi. Ular yarim finalda Eron futzal terma jamoasiga imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. 3-o‘rin uchun kechgan bahsda sportchilari mezbon Malayziya jamoasini mag‘lubiyatga uchratishdi.
© Sportni rivojlantirish vazirligiO‘zbekiston jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2022
O‘zbekiston jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi
Kecha, Toshkent xalqaro aeroportida bronza medali sovrindorlari tantanali kutib olindi.
Yangiliklar lentasi
0