BAA kompaniyasi O‘zbekistonda innovatsion loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi

© Dunyo AA BAA kompaniyasi O‘zbekistonda innovatsion loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi
BAA kompaniyasi O‘zbekistonda innovatsion loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasi xodimlari "TAKELEAP DMCC" kompaniyasi rahbari Sherayas Narayanan bilan uchrashdi.
TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari kompaniyasi O‘zbekistonda innovatsion loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasi xodimlari "TAKELEAP DMCC" kompaniyasi rahbari Sherayas Narayanan bilan uchrashdi. Unda yangi zamonaviy innovatsion g‘oyalarni jalb etishdagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
BAA kompaniyasiga O‘zbekistonda xorijiy sarmoyadorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularga imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish, tadbirkorlik faoliyatiga oid meyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan sayi-harakatlar haqida so‘zlab berildi.
Sherayas Narayanan o‘z so‘zida xorijiy ishbilarmon doiralariga qaratilayotgan alohida e’tiborni katta qiziqish bilan kuzatib borayotganini qayd etib o‘tdi.
“O‘zbekiston dunyoning yetakchi kompaniyalari bilan aloqalarni rivojlantirayotganidan yaxshi xabardorman. Kompaniyamiz tomonidan mamlakatingizda ilg‘or innovatsion loyihalarni amalga oshirishga katta qiziqish mavjud. Bu borada tegishli vazirlik va idoralar bilan aloqalarni rivojlantirishga tayyormiz”, deydi u.
Ma’lumot uchun, mazkur kompaniya brendlarga noyob usullar yordamida mijozlarni jalb qilish imkoniyatlarini oshirishga yo‘naltirilgan. U 2013-yilda tashkil etilgan bo‘lib, ko‘p yillar davomida mashhur brendlar va kompaniyalarga butun dunyo miqyosida inqilobiy tajribalarni taqdim etishga muvaffaq bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BAA kompaniyalari o‘z mahsulotlarini MDH bozorlariga O‘zbekiston orqali yetkazib berishi, buning uchun mamlakat hududida Amirlik mahsulotlari mahalliylashtirilishi ma’lum qilingandi.
Shuningdek, 2023-yil yanvar oyining birinchi yarmida BAAda farmatsevtika, qurilish, yashil energetika, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati, elektrotexnika va boshqa sohalardagi o‘zbek kompaniyalari bilan hamkorlik birjasi tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0