https://oz.sputniknews.uz/20221217/zumrasha-hajviy-kinojurnali-namoyishi-bolib-otdi-30809185.html
“Zumrasha” hajviy kinojurnali namoyishi bo‘lib o‘tdi
“Zumrasha” hajviy kinojurnali namoyishi bo‘lib o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
Xayrulla Sa’diyev badiiy rahbarligida yaratilgan ushbu kinojurnal bolalar hayotiga oid qiziqarli voqealar, sarguzashtlar bilan boyitilgan. 17.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-17T17:38+0500
2022-12-17T17:38+0500
2022-12-17T17:38+0500
madaniyat
bolalar
film
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/11/30809371_28:0:1127:618_1920x0_80_0_0_c0949745ed57960f4067b284609e716b.jpg
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Toshkentdagi “Kinochilar uyi”da O‘zbekiston xalq artisti Xayrulla Sa’diyev bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi hamda bolalar uchun “Zumrasha” filmlari premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.“Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Zumrasha” hajviy kinojurnali tasvirga olindi. Xayrulla Sa’diyev badiiy rahbarligida yaratilgan ushbu kinojurnal bolalar hayotiga oid qiziqarli voqealar, sarguzashtlar bilan boyitilgan.Katta ekranda shuningdek, “Erkin mavzu”, “Futbolchilar”, “Ustoz”, “Hamon” kabi filmlar namoyish etildi.Ma’lumot uchun, Xayrulla Sa’diyev O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, O‘zbekiston satira teatri badiiy rahbari hisoblanadi.Ijodi davomida “Shaytanat”, “To‘ylar muborak”, “Chashma”, “Uchar otlar”, “O‘tov”, “Qo‘rg‘oshin”, “Novda”, “Oyqiz ertagi” kabi filmlarda va ko‘plab spektakllarda rollar ijro etgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/11/30809371_166:0:990:618_1920x0_80_0_0_9d98c33b591b0002c9a1b3859b58fb66.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, bolalar, film
“Zumrasha” hajviy kinojurnali namoyishi bo‘lib o‘tdi
Xayrulla Sa’diyev badiiy rahbarligida yaratilgan ushbu kinojurnal bolalar hayotiga oid qiziqarli voqealar, sarguzashtlar bilan boyitilgan.
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Toshkentdagi “Kinochilar uyi”da O‘zbekiston xalq artisti Xayrulla Sa’diyev bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi hamda bolalar uchun “Zumrasha” filmlari premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
“Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Zumrasha” hajviy kinojurnali tasvirga olindi. Xayrulla Sa’diyev badiiy rahbarligida yaratilgan ushbu kinojurnal bolalar hayotiga oid qiziqarli voqealar, sarguzashtlar bilan boyitilgan.
“Bundan bir necha yillar avval ijodkorlarga Rossiyaning “Eralash” hajviy bolalar komediyalari ko‘rsatildi. Ana shundan ta’sirlanib, “O‘zbekfilm”da “Zumrasha” hajviy kinojurnaliga asos solindi. Hozirga kelib Kinematografiya agentligi “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan bolalar uchun komik ruhdagi filmlar suratga olinadi”, deydi O‘zbekiston xalq artisti Xayrulla Sa’diyev.
Katta ekranda shuningdek, “Erkin mavzu”, “Futbolchilar”, “Ustoz”, “Hamon” kabi filmlar namoyish etildi.
Ma’lumot uchun, Xayrulla Sa’diyev O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, O‘zbekiston satira teatri badiiy rahbari hisoblanadi.
Ijodi davomida “Shaytanat”, “To‘ylar muborak”, “Chashma”, “Uchar otlar”, “O‘tov”, “Qo‘rg‘oshin”, “Novda”, “Oyqiz ertagi” kabi filmlarda va ko‘plab spektakllarda rollar ijro etgan.