“Zakovat” turniri g‘oliblari aniqlandi

© Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi“Zakovat” turniri
“Zakovat” turniri  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2022
Obuna bo‘lish
Toshkentda ilk marotaba prezident sovrini uchun OTM terma jamoalari o‘rtasida Intellektual olimpiada o‘tkazildi.
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Intellektual olimpiada doirasidagi “Zakovat” turniri g‘oliblari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi xabar berdi.
https://t.me/eduuz/11523
Toshkentda 14-17 dekabr kunlari ilk marotaba prezident sovrini uchun OTM terma jamoalari o‘rtasida Intellektual olimpiada o‘tkazildi.
Unda dastlabki saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 50 ta OTM jamoasi (500 ga yaqin talaba) g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Talabalar 6 ta yo‘nalishda kim bilimda ustunligini aniqlab olishdi:
Zakovat
Breyn-ring
Erudit-kvartet
Shaxsiy o‘yin
Shaxmat
Shashka
“Zakovat” turnirida g‘oliblik uchun oxirida 2 ta jamoa o‘rtasida qo‘shimcha savol o‘ynalishiga to‘g‘ri keldi.
Yakuniy natijalar:
1-o‘rin: Toshkent tibbiyot akademiyasi;
2-o‘rin: O‘zbekiston Milliy universiteti;
3-o‘rin: Qarshi davlat universiteti.
G‘olib jamoalar quyidagi miqdordagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin: 100 mln so‘m;
2-o‘rin: 60 mln so‘m;
3-o‘rin: 40 mln so‘m.
Shuningdek, jamoalar umumjamoa reytingi uchun qimmatli ochkolarni qo‘lga kiritishdi.
Yangiliklar lentasi
0