https://oz.sputniknews.uz/20221217/uzauto-motors-4-ta-modeldagi-avtomobillarga-shartnomalar-qabul-qilish-vaqtincha-toxtatdi-30800960.html
"Uzauto Motors" 4 ta modeldagi avtomobillarga shartnomalar qabul qilish vaqtincha to‘xtatdi
"Uzauto Motors" 4 ta modeldagi avtomobillarga shartnomalar qabul qilish vaqtincha to‘xtatdi
Sputnik O‘zbekiston
"Chevrolet Lacetti", "Cobalt", "Damas" va "Labo" avtomobillariga shartnomalar qabul qilish vaqtincha to‘xtatildi - "UzautoMotors". 17.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-17T11:45+0500
2022-12-17T11:45+0500
2022-12-17T11:45+0500
jamiyat
uzauto motors
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/576/46/5764645_0:0:3000:1688_1920x0_80_0_0_e14351c78ebee6fc215b63dba6d8981e.jpg
"Chevrolet Lacetti", "Cobalt", "Damas" va "Labo" avtomobillariga shartnomalar qabul qilish vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda "UzautoMotors" kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.Kompaniya bayonotida aytilishicha, joriy yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi va avtomobillarning mavjudligi sabab mamlakatda Chevrolet avtomobillariga talabning g‘ayritabiiy o‘sishi kuzatildi.“Mutaxassislarning fikricha, mamlakatimiz fuqarolari yengil avtomobillarni yuqori likvidli investitsiya vositasi deb bilishadi. Agar o‘tgan yili Chevrolet avtomobillarini xarid qilish bo‘yicha o‘rtacha oylik shartnomalar soni 21 000 dona bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilning noyabr oyida 76 000 donadan ortiq shartnoma tuzilgan.Biroq, Davlat Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX) ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda sotib olingan 90 000 dan ortiq avtomobil (yillik ishlab chiqarish hajmining deyarli uchdan bir qismi) xaridorlar tomonidan qayta sotilgan. Iqtisodiy tadqiqotlar markazi tomonidan o‘tkazilgan tahlillar ham "Olib sotarlar" sonining ko‘payganini tasdiqlaydi” - deyilgan bayonotda.O‘zbekistonda avtomobillarga bo‘lgan talabning anomal o‘sishi va global muammolar kuchayganini hisobga olib, kompaniya bunday sharoitda boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘llanilgan yo‘ldan borishni to‘g‘ri deb hisoblamoqda.“Bu o‘z navbatida barcha sa’y-harakatni avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha avtomobil ishlab chiqarishga yo‘naltiradi”, - deyilgan bayonotda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/576/46/5764645_339:0:3000:1996_1920x0_80_0_0_8a9b2cff6ab84ece0dc6a58ad0acca9e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, uzauto motors
"Uzauto Motors" 4 ta modeldagi avtomobillarga shartnomalar qabul qilish vaqtincha to‘xtatdi
"Chevrolet Lacetti", "Cobalt", "Damas" va "Labo" avtomobillariga shartnomalar qabul qilish vaqtincha to‘xtatildi - "UzautoMotors".
"Chevrolet Lacetti", "Cobalt", "Damas" va "Labo" avtomobillariga shartnomalar qabul qilish vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda "UzautoMotors" kompaniyasi matbuot xizmati
xabar qildi.
Kompaniya bayonotida aytilishicha, joriy yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi va avtomobillarning mavjudligi sabab mamlakatda Chevrolet avtomobillariga talabning g‘ayritabiiy o‘sishi kuzatildi.
“Mutaxassislarning fikricha, mamlakatimiz fuqarolari yengil avtomobillarni yuqori likvidli investitsiya vositasi deb bilishadi. Agar o‘tgan yili Chevrolet avtomobillarini xarid qilish bo‘yicha o‘rtacha oylik shartnomalar soni 21 000 dona bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilning noyabr oyida 76 000 donadan ortiq shartnoma tuzilgan.
Biroq, Davlat Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX) ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda sotib olingan 90 000 dan ortiq avtomobil (yillik ishlab chiqarish hajmining deyarli uchdan bir qismi) xaridorlar tomonidan qayta sotilgan. Iqtisodiy tadqiqotlar markazi tomonidan o‘tkazilgan tahlillar ham "Olib sotarlar" sonining ko‘payganini tasdiqlaydi” - deyilgan bayonotda.
O‘zbekistonda avtomobillarga bo‘lgan talabning anomal o‘sishi va global muammolar kuchayganini hisobga olib, kompaniya bunday sharoitda boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘llanilgan yo‘ldan borishni to‘g‘ri deb hisoblamoqda.
“Bu o‘z navbatida barcha sa’y-harakatni avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha avtomobil ishlab chiqarishga yo‘naltiradi”, - deyilgan bayonotda.