Toshkentning qaysi hududlariga Yangi yil archasi o‘rnatilishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovNovogodnyaya yelka v gostinitse Xilton.
Novogodnyaya yelka v gostinitse Xilton. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2022
Obuna bo‘lish
Poytaxtda 25-dekabrdan 5-yanvargacha bolalar va kattalar uchun ko‘ngilochar tadbirlar va bayram sayillari bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Yangi yil arafasida va undan keyin Toshkentning har bir tumanidagi maydon hamda bog‘larda archalar o‘rnatiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 25-dekabrdan 5-yanvargacha bu yerda bolalar va kattalar uchun ko‘ngilochar tadbirlar va bayram sayillari bo‘lib o‘tadi.
Archa o‘rnatilgan manzillar:
Yunusobod tumani:
shaharning bosh archasi — Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi oldidagi maydon
Shayxontohur tumani:
"Navro‘z" bog‘i, "Anhor-Lokomotiv" istirohat bog‘i yonida
Tashkent city bog‘i
Mirzo Ulug‘bek tumani:
Central Park (sobiq Telman) bog‘i
"Yangi O‘zbekiston" bog‘i
"Lokomotiv" bog‘i
Chilonzor tumani:
G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i
“Humo Arena” muz saroyi oldidagi maydon
Mirobod tumani:
Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i
Bektemir tumani:
Food City savdo majmuasi oldidagi maydon
Sergeli tumani:
"Markaziy xiyobon" bog‘i
Yangihayot tumani:
Index savdo majmuasi.
Olmazor tumani:
"Beruniy" metro bekati yaqinidagi maydon
Uchtepa tumani:
"Seul eko” bog‘i
Yakkasaroy tumani:
“NEXT” ko‘ngilochar-savdo markazi
Yashnobod tumani:
Ashxobod bog‘i
“Aviasozlar” saroyi oldidagi maydon.
Yangi yil bayramlari tashkilotchisi – Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Yangi yil arafasida bozor rastalari bayram bezaklari bilan to‘lib tosha boshlagan. Bu yil korxonalar novdalari oppoq qorga burkangan sun’iy archalarni ko‘proq ishlab chiqarishmoqda. Bozorlarda bir metrli archa 400 ming so‘mdan boshlanadi.
Yangi yil bayramini yorqin bezatilgan archasiz tasavvur qilish qiyin. Biroq, yangi yil archasi yong‘in xavfsizligi qoidalariga muvofiq o‘rnatilishi va ishlatilishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0