Shahrisabz 2024-yil turizm poytaxti deya e’tirof etildi

Shaxrisabz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2022
Obuna bo‘lish
Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar turizm sohasi rahbarlari Shahrisabz shahrini 2024-yil turizm poytaxti etib tasdiqlashdi.
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Shahrisabz 2024-yil turizm poytaxti deya e’tirof etildi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.
O‘zbekiston raisligida Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti Turizm vazirlarining IV yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda IHTga a’zo davlatlar turizm sohasi rahbarlari tomonidan Shahrisabz shahri 2024-yil Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti turizm poytaxti etib tasdiqlandi.
Mazkur qarorning qabul qilinishida Shahrisabz shahrining boy tarixi va madaniy merosi, Ipak yo‘lida turizmning rivojlanishidagi o‘rni va sohani barqaror rivojlantirish salohiyati inobatga olindi.
“O‘z navbatida, Shahrisabzning ushbu maqomni olishini keng miqyosda nishonlash ko‘zda tutilgan. Qolaversa, shaharda va butun Qashqadaryo viloyatida turizm infratuzilmasini yaxshilash, ekoturizm, etnoturizm va boshqa yo‘nalishlarda salohiyatni yuksaltirish, hududning nomoddiy merosini keng ochib beruvchi madaniy tadbirlar, turizm tadbirkorligi, shu jumladan, yoshlarning faolligini oshirish bo‘yicha alohida dastur amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Shahrisabz 2000-yillik tarixga ega bo‘lib, YuNESKOning Butunjahon merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan.
Yangiliklar lentasi
0