Prezidentning davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovlari o‘tkazildi

Obuna bo‘lish
Test sinovida bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan 235 nafar talabgor ishtirok etdi.
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Prezidentning davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovlari o‘tkazildi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.
Test sinovida bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan 235 nafar talabgor ishtirok etdi.
Unda quyidagi fanlar bo‘yicha talabgorlarning bilimi sinovdan o‘tkazildi:
axborot texnologiyalari (35 ta test topshirig‘i);
O‘zbekiston tarixi (35 ta test topshirig‘i);
xorijiy tillar (30 ta test topshirig‘i).
Natijalar hisoblangandan so‘ng Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etiladi.
Ma’lumot uchun, stipendiyalar 1-sentabrdan boshlab, bir yil muddatga, belgilangan miqdorga qat’iy rioya qilgan holda tayinlanadi.
Prezident davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan talaba bakalavriatni tugatgandan so‘ng ikki yil mobaynida tegishli mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
© Davlat test markazi
Test sinovlari  - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Davlat test markazi
Test sinovlari  - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Davlat test markazi
Test sinovlari  - Sputnik O‘zbekiston
3/3
Yangiliklar lentasi
0