Karate WKF: o‘zbekistonlik sportchilar Osiyo chempionatini muvafaqqiyatli boshlashdi

Obuna bo‘lish
Kecha poytaxtda karate WKF bo‘yicha turli yosh toifalaridagi qit’a birinchiligiga start berildi.
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan karate WKF bo‘yicha Osiyo chempionatining ilk kunida 5 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Kecha poytaxtda karate WKF bo‘yicha turli yosh toifalaridagi qit’a birinchiligiga start berildi.
Birinchi kunda o‘smirlar yosh toifalarida kata va kumite bo‘yicha yakkalik hamda jamoaviy yo‘nalishdagi bahslar o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 5 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Yagona oltin medalga 14-15 yoshli o‘smirlar o‘rtasida +70 kg vazn toifasida kechgan kumite bahslarida Muhammadrizo Abdulatipov egalik qildi.
Oltin medal:
Kumite (14-15 yosh), +70 kg: Muhammadrizo Abdulatipov
Kumush medal:
Kumite (14-15 yosh), -52 kg: Humoyunmirzo Halimov
Bronza medal:
Kata (16-17 yosh): Abdulaziz Rasulov
Jamoaviy kata (16-17 yosh), o‘g‘il bolalar
Jamoaviy kata (16-17 yosh), qiz bolalar
© Sportni rivojlantirish vazirligi
Karate WKF bo‘yicha Osiyo chempionati - Sputnik O‘zbekiston
1/2
© Sportni rivojlantirish vazirligi
Karate WKF bo‘yicha Osiyo chempionati - Sputnik O‘zbekiston
2/2
Yangiliklar lentasi
0