Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

© Qo‘shko‘pir tumani hokimligiJo‘rabek Raximov
Jo‘rabek Raximov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2022
Obuna bo‘lish
Jo‘rabek Rahimov bungacha Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimida ishlagan.
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Prezidentning farmoni bilan Jo‘rabek Rahimovich Rahimov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U bungacha Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimida ishlagan.
Ma’lumot uchun, Jo‘rabek Rahimov 2019-yil 11-fevraldan Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi. U Xorazm viloyati Shovot tumanida tug‘ilgan.
Eslatib o‘tamiz, Xorazm viloyatining oldingi hokimi Farhod Ermanov lavozimidan ozod etilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi lavozimiga tasdiqlangandi.
Yangiliklar lentasi
0