Farg‘onada talabalar uchun maxsus dasturli planshetlar ishlab chiqariladi

© Depositphotos.com / Everythingposs Chelovek s planshetom v rukax
Chelovek s planshetom v rukax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2022
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Farg‘onada ummon investitsiyasi hisobiga mikrosxemali kartalar hamda talabalar uchun maxsus dasturli planshetlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Ummon sultonligidan kelgan investor, “Oman China Investment” kompaniyasi rahbari Charlz Suni qabul qildi.
Kompaniya tomonidan amalga oshiriladigan investitsion loyiha qiymati 22 million dollarga teng.
Birinchi bosqichda mikrosxemali kartalar hamda talabalar uchun maxsus dasturli planshetlar ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish uchun 3 million dollar xorijiy sarmoya kiritiladi.
Keyingi bosqichlarda kompyuterlar hamda kommunal xizmatlar iste’molchilari uchun “aqlli” hisoblagichlar ishlab chiqarish korxonasi tashkil etiladi.
Shuningdek, ko‘rgazmalar markazi hamda e-tijorat xizmatlari ham taqdim etuvchi logistika majmuasi barpo etish ko‘zda tutilmoqda.
Charlz Su viloyat hokimidan talabalar uchun mo‘ljallangan maxsus dasturli planshetlar ishlab chiqarish uchun dasturiy ta’minot talablarini olishda yordam berishni so‘radi, bu masala Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda hal etib berilishi bildirildi.
Yangiliklar lentasi
0