https://oz.sputniknews.uz/20221217/buxoroda-rossiya-davlat-neft-va-gaz-milliy-tadqiqot-universitetining-bolimi-ochildi---foto-30807207.html
Buxoroda Rossiya davlat neft va gaz milliy tadqiqot universitetining bo‘limi ochildi - foto
Buxoroda Rossiya davlat neft va gaz milliy tadqiqot universitetining bo‘limi ochildi - foto
Sputnik O‘zbekiston
O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun Rossiyaning tajribali, Buxoro shahrining yuqori malakali o‘qituvchilari jalb etilgan. 17.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-17T16:27+0500
2022-12-17T16:27+0500
2023-04-05T18:42+0500
jamiyat
buxoro
neft
gaz
o‘zbekneftgaz
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/11/30807316_0:29:1280:749_1920x0_80_0_0_74f7ceba395a6eb8e78cdcf0ec5405d1.jpg
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Buxoroda Rossiya davlat neft va gaz milliy tadqiqot universitetining hududiy tayyorlov bo‘limi ochildi. Bu haqda "O‘zbekneftgaz" xabar berdi.“O‘zbekneftgaz” ko‘magida neft va gaz sanoati uchun kadrlar tayyorlash maqsadida Ivan Mixaylovich Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz (Milliy tadqiqot universiteti) universitetining Buxorodagi hududiy tayyorlov bo‘limining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Tantanali ochilish marosimidan so‘ng mehmonlar o‘quv bo‘limiga tashrif buyurib, umumta’lim maktablari o‘quvchilari kontingenti HTB o‘quvchilari bilan suhbatlashishdi.Buxoro neft va gaz sanoati kolleji negizida tashkil etilgan zamonaviy o‘quv-amaliy laboratoriyasi ochildi. Laboratoriya barcha zarur asbob va jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan.Buxoro neft va gaz kolleji negizida HTB filiali uchun 4-qavat binosi rekonstruksiya qilindi. Kollej negizida umumta’lim maktablarining 10-11-sinflari, akademik litsey, kasb-hunar kolleji va texnikumlar o‘quvchilari uchun matematika, fizika va rus tili fanlaridan bepul tayyorlov kurslari tashkil etilmoqda. Tinglovchilarni saralash tanlov asosida amalga oshiriladi.O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun Rossiyaning tajribali, Buxoro shahrining yuqori malakali o‘qituvchilari jalb etilgan.Ushbu loyiha Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filialiga o‘qishga kirishni xohlovchilar uchun noyob imkoniyat yaratadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/11/30807316_122:0:1159:778_1920x0_80_0_0_af5500b44f2a3b37e8e7e9d7879abdf8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, buxoro, neft, gaz, o‘zbekneftgaz, rossiya
jamiyat, buxoro, neft, gaz, o‘zbekneftgaz, rossiya
Buxoroda Rossiya davlat neft va gaz milliy tadqiqot universitetining bo‘limi ochildi - foto
16:27 17.12.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun Rossiyaning tajribali, Buxoro shahrining yuqori malakali o‘qituvchilari jalb etilgan.
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Buxoroda Rossiya davlat neft va gaz milliy tadqiqot universitetining hududiy tayyorlov bo‘limi ochildi. Bu haqda "O‘zbekneftgaz" xabar berdi.
“O‘zbekneftgaz” ko‘magida neft va gaz sanoati uchun kadrlar tayyorlash maqsadida Ivan Mixaylovich Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz (Milliy tadqiqot universiteti) universitetining Buxorodagi hududiy tayyorlov bo‘limining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali ochilish marosimidan so‘ng mehmonlar o‘quv bo‘limiga tashrif buyurib, umumta’lim maktablari o‘quvchilari kontingenti HTB o‘quvchilari bilan suhbatlashishdi.
Buxoro neft va gaz sanoati kolleji negizida tashkil etilgan zamonaviy o‘quv-amaliy laboratoriyasi ochildi. Laboratoriya barcha zarur asbob va jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan.
Buxoro neft va gaz kolleji negizida HTB filiali uchun 4-qavat binosi rekonstruksiya qilindi. Kollej negizida umumta’lim maktablarining 10-11-sinflari, akademik litsey, kasb-hunar kolleji va texnikumlar o‘quvchilari uchun matematika, fizika va rus tili fanlaridan bepul tayyorlov kurslari tashkil etilmoqda. Tinglovchilarni saralash tanlov asosida amalga oshiriladi.
O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun Rossiyaning tajribali, Buxoro shahrining yuqori malakali o‘qituvchilari jalb etilgan.
Ushbu loyiha Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filialiga o‘qishga kirishni xohlovchilar uchun noyob imkoniyat yaratadi.