Bremen musiqachilari: Toshkentda ertak qahramonlarining muz ustidagi shousi bo‘lib o‘tadi

© AP Photo / Chiang Ying-yingShou fonarey na Festivale fonarey v Taybee
Shou fonarey na Festivale fonarey v Taybee  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2022
Obuna bo‘lish
Ertak qahramonlari rus estradasi yulduzlarining ovozi bilan gapirishadi va kuylashadi - tafsilotlar.
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Toshkentdagi Humo Arena muz majmuasida 7 va 8-yanvar kunlari "Bremen musiqachilari"ning muz ustida shousi bo‘lib o‘tadi.
Tez kunlarda ko‘pchilik uchun sevimli bo‘lgan taniqli ertak qahramonlari "Bremen musiqachilari" konkida tomosha ko‘rsatishadi. Tomoshaning tayyorgarlik darajasi va maxsus effektlari dunyodagi shoular bilan raqobatlasha oladi.
Tomoshabinlar sehrli halqalar bilan jonglorlik qilayotgan it, muz maydoni uzra uchib, akrobatik mahorat ko‘rsatayotgan xo‘roz, sehrli fokuslarni amalga oshiradigan mushuk, malikani o‘g‘rilab, hayratda qolgan ommaning ko‘z o‘ngida u bilan parvozga ko‘tariladigan ayg‘oqchi kabi qahramonlar bilan tanishishadi.
Tomashabinlar uchun qiziqarli sahna manzarasi, figurali uchish bo‘yicha g‘aroyib chiqishlar tayyorlab qo‘yilgan.
Bolalarning sevimli ertak qahramonlarini mashhur va ko‘plab mukofotlar sovrindorlari bo‘lgan figurali uchuvchilar, muz maydonining mashhur ustalar ijro etishadi. Ular orasida Irina Sluskaya, rossiyalik figurali uchuvchi, Rossiya va Yevropa chempioni Alena Kostornaya ham bor.
Sahna manzarasi bezaklardan tashqari, shouda noyob 3D mepping texnologiyasidan ham foydalaniladi. Bu videoproyeksiya butun muz maydonini qirol saroyiga va bepoyon gulzorga aylantira oladi deganidir. Ertakdagi muhit turg‘un sahnadagi tomosha doirasidan chiqadi va tom ma’noda jonlanadi.
Katta namoyish ekranida shou qahramonlari yirik planda namoyish etiladi.
Qo‘shiqlar uchun aranjirovkani skripkachilar o‘rtasidagi jahon tanlovi g‘olibi, Yevgeniy Plyushenkoning Olimpiadada oltin medaliga sazovor bo‘lgan dasturlari muallifi, Emmi mukofoti sovrindori, "Yevrovidenie-2008" tanlovi g‘olibi, Rossiya jamoasi a’zosi, bastakor Edvin Marton yozgan.
Ertak qahramonlari rus estradasi yulduzlarining ovozi bilan gapirishadi va kuylashadi. Qirol va qaroqchilar to‘dasining ayol sardoriga Comedy Club rezidenti Aleksandr Revva ovoz bergan. Trubadur qo‘shiqlarini Rossiyadagi mashhur estrada xonandalaridan biri, "Yevrovidenie-2008" g‘olibi Dima Bilan ijro etadi.
Tomoshalar 7 va 8-yanvar kunlari soat 11:00, 14:00 va 17:00 da bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0