Angina yallig‘lanishi asoratlari bilan xavfli – mutaxassis

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishProfilakticheskiy osmotr detey v odnoy iz moskovskix gimnaziy
Profilakticheskiy osmotr detey v odnoy iz moskovskix gimnaziy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2022
Obuna bo‘lish
Anginaga o‘z vaqtida e’tibor bermaslik jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Bodomsimon bezlar yallig‘lanishi asoratlari bilan xavfli hisoblanadi. Unga o‘z vaqtida e’tibor bermaslik jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda Toshkent shahar Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Sanjar Mavlonov ma’lum qildi.
Bodomsimon bezlar yallig‘lanishi asoratlari bilan xavfli hisoblanadi. Unga o‘z vaqtida e’tibor bermaslik jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
“Yaqin yillargacha anginadan faqat uni olib tashlash orqaligina qutilish mumkin, deb hisoblanardi. Biroq bugunga kelib konservativ davolash usullari orqali ham bu kasallikdan xalos bo‘lish mumkin”, deydi Sanjar Mavlonov.
Xastalik quyidagi surunkali tusga kirsa, jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash tavsiya etiladi:
kuchli yiringlash, og‘riq, yuqori isitma kuzatilsa;
har 3-6 haftada, yiliga 7-martadan ko‘p qaytalansa;
yiringli jarayonlar rivojlansa;
bezlar kattalashib, nafas olish qiyinlashsa;
konservativ davo samara bermasa;
yurak, buyrak va bo‘g‘imlarda asoratlar kuzatilsa.
Bodomsimon bezlar yallig‘lanishi yuqumli kasallik bo‘lib, uni og‘iz bo‘shlig‘i yoki tashqi muhitdan tushgan turli mikroblar chaqirishi mumkin. Kuchli tomoq og‘rig‘i, qurishi, yuqori tana harorati xastalik belgilaridir.
Yangiliklar lentasi
0