Xorijliklar uchun onlayn murojaat qilish imkoni paydo bo‘ldi

© Yediniy portal gos. uslugYediniy portal gosudarstvennix uslug
Yediniy portal gosudarstvennix uslug - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2022
Obuna bo‘lish
Xorijliklar farzandini maktabga joylashi uchun onlayn murojaat qilishlari mumkin. Farzandlarni maktabga joylash uqun uchta hujjat kerak bo‘ladi.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ishga tushgan yangi qulaylik tufayli endilikda O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolari ham farzandlarini maktabga joylashtirish uchun masofadan ariza bera oladi.
Ushbu xizmatdan foydalanish uchun chet el fuqarolaridan quyidagilar talab qilinadi:
1.
o‘zi va farzandiga JShShIR olish;
2.
bolaning fan baholari qo‘yiladigan hujjati va uning o‘zbek tilidagi tarjimasi;
3.
bolaning sog‘ligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.
Agar arizani bolaning ota-onasi o‘rniga qonuniy vakil topshirsa, buni tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinadi. Xizmatdan foydalanish bepul.
Yangiliklar lentasi
0