O‘zbekistonda noan’anaviy "munosabatlar" tashviqoti taqiqlanadi

© Sputnik / Alexandro Martinez Velez / Mediabankka o‘tishLGBT-parad v Madride
LGBT-parad v Madride - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Axborot kodeksi loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. O‘zbekistonda pornografiya hamda bir jinslilar o‘rtasidagi noan’anaviy jinsiy aloqalarni targ‘ib etish taqiqlanishi mumkin. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasi Axborot kodeksini tasdiqlash haqida”gi qonun loyihasida so‘z boradi.
Mazkur qonun loyihasi 50 ta manfaatdor vazirlik va idoradan kelishuvdan o‘tkazilgan bo‘lib, beshta moddadan tashkil topgan. Ushbu qonunga ilova tarzida 4 ta bo‘lim, 14 ta bob, 131 ta moddadan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Axborot kodeksi tasdiqlanmoqda.
Kodeksning 54-moddasida Ommaviy axborot vositalaridan:
O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat qilish;
urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilish;
davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarni yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni oshkor etish;
milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi, shuningdek yolg‘on axborot tarqatish;
agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targ‘ib qilish;
pornografiyani, bir jinslilar o‘rtasidagi g‘ayritabiiy aloqalarni targ‘ib etish;
qonunga muvofiq ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladigan boshqa harakatlarni sodir etish maqsadida foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilanyapti.
O‘z navbatida, Axborot kodeksida quyidagi sakkizta qonun o‘zaro unifikatsiya qilish orqali tizimlashtirilgan:
“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonun;
“Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun;
“Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi qonun,
Bolalarni ularni sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun;
“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun;
“Jurnalistlik faoliyatni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun;
“Axborotlashtirish to‘g‘risida” gi qonun;
“Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi qonun.
Hujjatni ishlab chiqishda axborot qonunchiligi O‘zbekiston qonunchiligiga qisman yaqin hisoblangan MDH davlatlari qonunchiligi tajribasini hamda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasining Axborot kodeksi model loyihasi o‘rganildi.
2022 yil 14-iyun kuni Toshkent shahridagi “Frankfort” mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Qonunchilik palatasi vakillari, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi, va bir qator mutasaddi davlat organlari mas’ullari hamda xalqaro va nodavlat tashkilot rahbarlari, xorijiy va mahalliy OAV mutaxassislari ishtirokida Axborot kodeksi loyihasining dastlabki varianti taqdimoti o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, 5-dekabr kuni Rossiyada “LGBT tashviqotini” taqiqlovchi qonun qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, “LGBT tashviqoti” uchun fuqarolarga 400 000 rubl, yuridik shaxslarga esa 5 million rublgacha jarima belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0