Markaziy Afrikada Rossiya diplomatiga hujum uyushtirildi

© Sputnik / Pavel Lisitsyn Krasniy krest na avtomobile skoroy meditsinskoy pomoshi
Krasniy krest na avtomobile skoroy meditsinskoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2022
Obuna bo‘lish
Markaziy Afrika Respublikasidagi "Rus uyi" rahbari suiqasddan so‘ng kasalxonaga yotqizildi. U ko‘p qon yo‘qotgan.
TOShKENT, 16 dek - Sputnik. Markaziy Afrika Respublikasi poytaxtida Rossiya uyi rahbari Dmitriy Sitoyning hayotiga suiqasd bo‘ldi, deb xabar berdi Rossiyaning Banguidagi elchixonasi matbuot attashesi Vladislav Iliin RIA Novosti agentligiga.
“Bugun ertalab Rossiya uyi bosh direktori Dmitriy Sergeyevich Sitoyning hayotiga suiqasd uyushtirildi, u kasalxonada”, — dedi manba.
Elchixona jabrlanuvchi portlagan paketni olganini qayd etdi.
"Uyida portlash yuz berdi, u elchixonadan tashqarida yashaydi. U borib, uni DHLda olgan shekilli, uyiga olib kelib, o‘zi ochgan", - deya ma’lum qildi RIA Novosti agentligiga diplomatik missiya.
Portlash oqibatida diplomatning miyasi chayqalgan va shifokorlarning fikriga ko‘ra, u ko‘p qon yo‘qotgan. Rossotrudnichestvo rahbari Yevgeniy Primakov shifokorlar madaniyat markazi rahbarining hayoti uchun kurashayotgani haqida yozdi.
MAR politsiyasi boshlig‘i Biyenvenyu Zokuening RIA Novosti agentligiga ma’lum qilishicha, hodisa terakt sifatida baholanmoqda. Sitoyi shu kunga qadar ko‘plab tahdidlarni olgan va bu haqda allaqachon rasmiylarga murojaat qilgan edi.
Markaziy Afrika Respublikasidagi vaziyat uzoq yillardan beri notinch. Mamlakat hukumati va qurolli guruhlar vakillari 2019-yilning fevral oyida mojaroga barham berishi kerak bo‘lgan tinchlik bitimini imzolagan edi. 2020-yil dekabr oyi oxirida mamlakatda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Amaldagi davlat rahbari Faustin Arkanj Tuadera birinchi turda 53,16 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Muxolifat va qurolli isonchi guruhlar ovoz berish natijalarini tan olishmadi - hukumat isonchilarning Banguiga hujum qilishga urinishlari haqida xabar berdi.
Yangiliklar lentasi
0