AQSh Rossiya bilan urush qilmayapti va bunday mojaroga kirish rejasi yo‘q – Pentagon

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishBatareya amerikanskix raket PVO Patriot
Batareya amerikanskix raket PVO Patriot - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2022
Obuna bo‘lish
Vashington Ukrainaga qanday qurol berishni Moskvadan so‘ramasligini urg‘uladi.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. AQSh Rossiya bilan urush holatida emas va bunday mojaroga kirishishni rejalashtirmayapti, dedi Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder Moskvaning Patriot zenit-raketa komplekslarining Kiyevga berilishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishlariga izoh berish so‘roviga javoban. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“AQSh Rossiya bilan urushayotgani yo‘q. Biz ziddiyat qidirmayapmiz, lekin bor e’tiborni Ukrainaga mudofaa sohasida yordam berishga qaratganmiz”, - deydi Rayder matbuot anjumanida.
Uning ta’kidlashicha, Vashington “Rossiya Ukrainaga qanday mudofaa yordami ko‘rsatishni belgilashiga yo‘l qo‘ymaydi”. Pentagon vakili hozircha bu borada “e’lon qiladigan hech narsa” yo‘qligini ta’kidlab, Patriot majmualarini Kiyevga topshirish ehtimoli haqida ham izoh bermadi.
Avvalroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Moskva Ukrainaga Patriot havo mudofaa tizimlari yuborilsa, ular xizmat ko‘rsatish xodimlari bilan birga Rossiyaning qonuniy nishoniga aylanishi haqida AQShni oldindan ogohlantirayotganini aytgandi.
Yangiliklar lentasi
0