Vatikan Rossiyadan kechirim so‘radi
16:14 15.12.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023)
© AP Photo / Remo CasilliPapa Fransisk sovershayet Svatuyu Messu dlya veruyushix jiteley Myanmi v Vatikane
© AP Photo / Remo Casilli
Obuna bo‘lish
Vatikan Fransiskning buratlar va chechenlar haqida aytgan gaplari uchun Rossiya TIVidan kechirim so‘radi.
TOShKENT, 15 dek - Sputnik. Vatikan papa Fransisk aytgan gaplari uchun Rossiyadan kechirim so‘radi. Bu haqida RIA Novosti Rossiya TIVga asosan xabar bermoqda.
"Rossiya tashqi ishlar vazirligi diplomatik kanallar orqali Vatikandan papa Fransiskning chechen va burat millatlari haqida aytgan gaplari uchun uzrini qabul qildi. Shu bilan ushbu mojaro yakun topdi, Muqaddas idora bilan konstruktiv hamkorlikka umid qilib qolamiz" - deyilgan Rossiya TIV rasmiy bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyinng oxirida Rim papasi Fransisk chechen va burat millatiga mansub askarlarni eng shafqatsiz deb atagan edi. Uning ushbu so‘zlariga Rossiya keskin e’tiroz bildirdi.
Xususan, Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova "buni haqiqatga nisbatan buzuqlik qilish" deb atagan edi.
“Yodingizdami, 90-yillar va 2000-yillarning boshlarida bizga buning teskarisini aytishgan edi, ya’ni ruslar, slavanlar, Kavkaz va boshqa xalqlarini qiynashmoqda deb uqtirishar edi. Endi esa buning aksini aytishmoqda - go‘yoki aynan Kavkaz xalqlari ruslarni qiynashmoqda. Bu haqiqatga nisbatan buzuqlik qilish bo‘lsa kerak”, - degan edi Zaxarova.
Pontifikning ushbu so‘zlari albatta, Rossiyaning Buratiya o‘lkasida ham o‘z javobini olmay qolmadi. Respublika rahbari Aleksey Sidenov buni "g‘alati" deb atagan edi.
"Katolik cherkovi rahbaridan ma’lum millatlar, ya’ni buratlar va chechenlarning tinch aholini himoya qilayotgan shafqatsizligi haqidagi bahosini eshitish hech bo‘lmaganda g‘alati.
Tarixda o‘zini sivilizatsiyalashgan xalqlar vakillari deb bilganlar tarixda necha necha shaharlar, mamlakatlar va hattoki butun xalqlarni yo‘q qilgani haqida ko‘plab misollar bor. Masalan, Shimoliy Amerikadagi hindularning genotsidi. Yoki kimdir "Salib yurishlari" ham mehribonlikka to‘la bo‘lmagan?! Uzoqqa borish shart emas, Belgradni bmbardimon qilish yoki Liviyadek butun bir davlatning yo‘q bo‘lib ketishida na buratlar va na chechenlar yoki buyuk Rossiyaning boshqa xalqlari ishtirok etgan!", - dedi Sidenov.
Shuningdek, respublika rahbari buratiyalik jangchilar o‘z burchlarini sharaf bilan bajarib, rus armiyasining eng yaxshi an’analari namunasiga aylanmoqda va bundan faqat faxrlanish mumkin.