Texnologik va moliyaviy suverenitet - Putin ustuvor vazifalarni belgilab berdi

© Sputnik / Pavel Bednyakov
/ Putin 2023 yilda Rossiya hukumati oldida turgan eng ustuvor vazifalarni sanab oʻtdi. Ular orasida Xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirish, moliyaviy va texnologik suverenitet bor.
TOSHKENT, 15 dek - Sputnik. Rossiya prezidenti va hukumat aʼzolari ishtirokida boʻlib oʻtgan Rivojlanish va milliy loyihalar boʻyicha kengashning onlayn majlisda Vladimir Putin 2022 yilning iqtisodiy yakunlarini sarhisob qildi va istiqboldagi vazifalarni belgilab berdi.
Vladimir Putin 2023 yilda Rossiya hukumati oldida turgan oltita eng asosiy oltita vazifalarni belgilab berdi. Vazifalar quyidagicha:
1.
Asosiy xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, logistika va moliya sohasidagi cheklovlarni bartaraf etish, tashqi savdo va sarmoyaviy hamkorlikni oshirish.2.
Texnologik suverenitetni mustahkamlash va ishlab chiqarish sanoatining oʻsishini ortda qoldirib, ushbu sohadagi asosiy yoʻnalishlarda etakchilikka oʻtish.3.
Moliyaviy suverenitetni taʼminlash, Rossiya moliya tizimi ilgari Gʻarb moliyalashtirish manbalari bilan qoplangan ehtiyojlarni qondirishi kerak.4.
Infratuzilmani jadal rivojlantirish, mintaqaviy avtomobil yoʻllarini tartibga solish, uy-joy qurilishi va fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash zarur.5.
Qashshoqlik va tengsizlikning kamaytirish, fuqarolarning real daromadlarining oʻsishi, hududlar salohiyatidagi tafovutning kamayishi, daromadlarni oshirishning asosiy omili esa yuqori iqtisodiy oʻsish va yangi yaxshi haq toʻlanadigan ish oʻrinlari yaratish. 6.
Onalik va bolalikni muhofaza qilish, oilalarni qoʻllab-quvvatlash siyosatini davom ettirish, aholi turmush darajasini oshirish. Oʻz soʻzida Putin Rossiya iqtisodiga nisbatan Gʻarb davlatlari tomonidan misli koʻrilmagan sanktsion tajovuz amalga oshirilishi, ulkan mablagʻlarning oʻgʻirlanishi va rublni qulatishga qaratilgan koʻplab urinishlar - hech qanday natija bermaganini va buni butun dunyo koʻrganini ham aytib oʻtdi.
“Yil oxirida yalpi ichki mahsulotningqisqarishi qariyb 2,5 foiz bashorat qilinmoqda. Albatta, bu ham pasayishdir, lekin bu koʻplab gʻarb va ochigʻini aytganda, baʼzi mahalliy mutaxassislarimiz tomonidan bashorat qilingan 20 foizlik pasayish emas", - dedi Putin
"Rossiyadagi narxlar darajasi - mart-aprel oylaridagi jiddiy oʻsishdan soʻng - may oyidan beri deyarli oʻzgarmadi va rus rubli yil boshidan beri dunyodagi eng kuchli valyutalardan biriga aylandi", - dedi Putin.
Federal byudjet joriy va keyingi yillarda kichik taqchillik bilan bajariladi - YAIMning taxminan 2 foizi va bu koʻrsatgich G20 mamlakatlari orasida eng yaxshi natijalardan biri boʻladi, - dedi Rossiya prezidenti.